Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


 Onomastik birliklarning turkiy tilshunoslikda o‘rganilishi


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

1.2. Onomastik birliklarning turkiy tilshunoslikda o‘rganilishi 
Turkiyshunoslikda ham onomastika masalalariga oid qator tadqiqotlar 
mavjud. Xususan, V.V.Radlov, V.A.Gordlevskiy, N.A.Baskakov, G‘.F.Sattorov, 
T.Januzaqov va boshqa olimlar onomastika sohasini tadqiq etishda samarali ish 
olib borganlar. N.A.Baskakov o‘zining “Русские фамилии тюркского 
происхождения”
49
nomli maqolasida yuzdan ortiq kishi nomlarining эtimologik 
jihatidan turkiy ekanligini isbotlab berish bilan cheklanib qolmasdan bu 
nomlarning hozirgi kunda rus tilida faol qo‘llanilayotganligini ham qayd etgan. 
Onomastika sohasiga oid tadqiqotlarning aksariyati turkologiyada 1950-
yildan keyin boshlandi va soha rivoji yo‘lida bir qator dissertatsiyalar yozildi va 
ular mavzu jihatdan quyidagicha guruhlarga ajratilgan
: 1) toponimik tavsifdagi 
tadqiqotlar (K.Abdimuratov, R.M.Yuzbashev, A.Abdurahmonov, S.Otaniyozov, 
D.Isayevlarning nomzodlik dissertatsiyalari)
50
; 2) antroponimik tavsifdagi 
tadqiqotlar (Januzaqovning nomzodlik ishi)
51
; 3) gidronimik tavsifdagi 
tadqiqotlar (A.Kamolovning nomzodlik dissertatsiyasi)
52

Turkiy tillar onomastikasining shakllanishi va taraqqiy etishiga 
turkiyshunoslardan o‘zbek tilshunosi E.Begmatov
53
, qozoq tilshunoslari 
T.Januzaqov
54

B.Dosjanov
55

tatar 
tilshunoslari 
G.F.Sattarov
56

49
Баскаков Н. А.“Русские фамилии тюркского происхождения. Восточно-славянская ономастика. – М.: 
Наука. 1972. – C. 176-249.
50
Абдимуратов К. Топонимика Каракалпакии: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Нукус, 1966; Юзбашев 
Р.М. Опит исследования азербайжанских географических терминов: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. – 
Баку, 1962; Абдураҳмонов А. Некотори вопроси топонимики Казахстана: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. 
– 
1954; Атаниязов С. Топонимика Юго-восточного Туркменистана: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. – 
Ашхабад, 1996; Исаев Д. Топонимика Северной Киргизи: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. – 
Фрунзе, 
1972.
51
Жанузақов Лично-собственние имена в казахском язике: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Алма-ата, 
1960.
52
Камалов А.А. Гидронимия Башкирии // Автореф.дис…канд.филол.наук. – Уфа, 1969. 
53
Бегматов Э.А. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 1998. – 261 б. 
54
Жанузақов Т. Қазақ есимдериниң тарихы. – Алматы: Ғылым, 1971. – 216 б. 


22 
A.G.Shayxulov
57
, boshqird tilshunosi T.X.Kusimova
58
, qirg‘iz tilshunosi
A. Idrisov
59
, turkman tilshunosi S.Ataniyazov
60
, ozarbayjon tilshunosi 
Z.Sadixov
61
lar, shuningdek, tojik tilshunoslari A.G‘afurov
62
, F.Abdulla
63
va 
boshqalar alohida hissa qo‘shdilar. 
Turkiy tilshunoslikda T.Januzaqov birinchi bo‘lib 1960-yilda “Qozoq 
tilida shaxs atoqli otlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 
Turkiy tilshunoslikda kishi nomlariga bag‘ishlangan ushbu ilk tadqiqotda
atoqli otlar tushunchasi, turdosh otlarning atoqli otga o‘tishidagi jarayon hamda 
qozoq tilida bolaga ism qo‘yish motivlari, ismlarning yasalishi va grammatik 
tuzilishi haqida ma’lumot berilgan
64
. T.Januzaqov qozoq tili antroponim va
etnonimlarini 
o‘rganishni davom ettirib, 1976-yilda “Qozoq tili 
onomastikasining asosiy muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini 
himoya qildi
65
. Dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari antroponimiya 
tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, qozoq antroponimlarining lug‘aviy-ma’noviy 
xususiyatlari, yasalishi va tuzilishi, antroponimlardan boshqa tip atoqli 
otlarning hosil bo‘lishi, antroponimlar tarkibida uchraydigan qo‘shimchalardan 
tashqari qozoq tili antroponimlarining rivojlanish tarixini davrlashtirishga katta 
o‘rin ajratgan. Olim keyinchalik qozoq tili antroponimiyasining lisoniy va 
nolisoniy xususiyatlarini umumlashtirgan holda monografiya va bir qator 
maqolalar e’lon qildi. T.Januzaqovning mazkur ishlarida turkiy ismlar bilan bir 
55
Досжанов Б. Древние антропонимы в казахском языке. – 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. – 
Астана, 
2001. – 26 с. 
56
Саттаров Г.Ф. Татар антропонимикасы. – Казан: КазДУ нашриёти, 1990. – 287 c.
57
Шайхулов А.Г. Татарские и башкирские личние имена тюркcкого происхождения. – Уфа, 1983. – C. 
11-31. 
58
Кусимова Т.Х. Древнебашкирcкие антропоними: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Уфа, 1975. – 22 с. 
59
Идрисов А. Кыргыз тилиндаги ысмдар. – Фрунзе: Мектеп, 1971. – Б. 17-43. 
60
Атаниёзов С. Туркмен адам атларининг душундиришли созлуги. – Ашхабат: Туркменистан, 1992. – 265 
б. 
61
Садихов З. Личние имена в азербайджанском язике:
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Баку, 1975.
62
Гафуров А. Имя и история. – М.: Наука, 1987. – С.10-12. 
63
Фатеҳ Абдулла. Номнома. – Душанбе, 1972. 
64
Жанузаков Т. Лично-собственые имена в казахском язике: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Алма- Ата, 1960. C 19. 
65
Жанузаков Т. Основние проблем ономастики казахского язика: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Алма- Ата, 1976. 


23 
qatorda, etnonim, kosmonim, zoonim, antroponim va toponimlarning ma’nosi, 
ismlarning etimologiyasi va ularni lug‘aviy tarkibiga ko‘ra tasniflash, 
davrlashtirish, urf-odatlar asosida kishi nomlarining vujudga kelishi, , 
ismlarning yasalish usullari kabi masalalarga doir ilmiy tahlillar mavjud. 
Prof. X.Jubanov «Qazaq sөylemіndegі sөz tәrtіbіnіng tarixinan» deb 
nomlangan tadqiqot ishini (X.Jubanov. Issledovaniya po kazaxskomu yazыku.
- Alma-Ata: «Nauka», 1966, - str. 49-55.), Boshqird nomshunosi T.Kusimova 
“Qadimgi boshqird nomlari“, A.Shayxulov “Kelib chiqishi turkiy bo‘lgan tatar 
va boshqird shaxsiy ismlari” (Tatarskie i bashkirskie lichnыe imena
tyurkskogo proisxojdeniya”)
66
mavzusidagi tadqiqotlarini nihoyasiga
yetkazishdi, A.Shayxulov monografiya e’lon qildi. Ammo har ikkala muallif
ishlarida bir qator xatoliklar va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani kuzatiladi. 
A.Shayxulovning ishida asli turkiy ismlarni belgilashda ismning lug‘aviy
asosi turkiy ekaniga shubha tug‘diradigan o‘rinlar ham talaygina ekanligi ko‘zga 
tashlanadi
67
. Xuddi shuningdek, T.Kusimova qadimiy boshqird ismlarini 19 
guruhga ajratib tasniflar ekan, ismlar uchun motiv bo‘lgan tushuncha, belgini 
hisobga olmaydi va ismlarni ismga asos bo‘lgan apellyativga ko‘ra tasniflaydi. 
Masalan, tabiat hodisalari nomi bilan bog‘liq antroponimlar, rang nomi bilan 
bog‘liq antroponimlar, o‘simlik nomlaridan yasalgan antroponimlar, qavm-
qarindosh terminlaridan yasalgan antroponimlar, toponimlardan, etnonimlardan 
yasalgan antroponimlar kabi
68
.
Ozarbayjon tili antroponimiyasining lisoniy va etnolingvistik 
xususiyatlarini monografik tarzda Z.Sadixov tadqiq qildi
69
. Keyinchalik 
A.M.Pashaev ozarbayjon tilidagi laqablarni o‘rgandi
70
. Ozarbayjon onomastikasi 
66
Шайхулов А.Г. Татарские и башкирские личние имена тюркcкого тюркского проиcхождения. Уфа, 
1983.
67
Бегматов Э.А. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан, 1998. – Б. 12.
68
Кусимова Т.Х. Древнебашкирcкие антропоними: 
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Уфа, 1975. – C.
17-25.
69
Садихов З. Личние имена в азербайджанском язике:
Автореф. дисс. канд. фил. наук. –
Баку, 1975.
70
Пашаев А.М. Прозвиша в азербайджанском язике: дис… канд. филол. наук. – баку, 1987. C. 18.


24 
rivojiga 
M.N.Chobanov 
sezilarli 
hissa 
qo‘shdi
71

H.Alievning
antroponimiyaning umumiy muammolariga bag‘ishlangan tadqiqoti e’lon 
qilindi
72
.
Qirg‘iz tilida shaxs atoqli otlari yuzasidan dastlab ba’zi kuzatishlar olib 
borilgan bo‘lsa-da, antroponimiya tizimi yetarli ravishda o‘rganilgan emas edi. 
Bu murakkab ishni bajarish Sh.Japarovning zimmasiga tushdi. U, avvalo,
qirg‘iz tilidagi ismlar materialini o‘zida jamlagan ikkita ishni e’lon qildi. 
Keyinchalik, u qirg‘iz tili antroponimlariga oid tadqiqotlarini kengaytirib,
“Qirg‘iz adam attari” monografiyasini
73
yaratdi. Mana shu ishlar asosida u 
1989-yili “Qirg‘iz antroponimiyasi” deb nomlangan doktorlik
dissertatsiyasini yoqladi. Yana bir qirg‘iz tilshunosi A.Idrisov “Qirg‘iz tilidagi 
ismlar” nomli kitobida qirg‘izcha ismlarni: qadimgi, ya’ni Oltoy davri ismlari, 
Xun davri ismlari, O‘rta turk davri ismlari, Eski turk davri ismlari, Yangi turk 
davri ismlari kabi guruhlarga bo‘ladi. Olim eng qadimgi davr ismlari sifatida 
hayvonlar, qushlar, tabiiy resurslar bilan bog‘liq, etnonimdan yasalgan nomlarni 
va ba’zi ma’nosi tushunarsiz ismlarni hisoblasa, Xun davri ismlari deb 
jonivorlar, yirtqich hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, jonivorlar bilan bog‘liq 
nomlarni va osmon jismlariga hamda turli xil narsalar nomiga nisbat berilgan 
antroponimlarni kiritadi. Shuningdek, V–X asrlarni eski turk davri deb hisoblab, 
bu davrdagi ismlarga mansab va unvonlar qo‘shilib aytilgan deb ko‘rsatadi. 
Masalan: Bilga Xoqon, Kuli Chur singari
74

Onomastik birliklar guruhi orasida muayyan aloqalar, bir-birining 
vazifasiga o‘tishlar yuz berib turadi. Bu jarayon transmonizatsiya deb yuritiladi. 
Masalan, toponimlar, etnonimlar, gidronimlar va boshqalar ism vazifasiga 
ko‘chadi. Masalan, Toshkenboy, Qo‘qonboy, Mang‘itoy, Sirdaryo (qiz ismi)
va 
boshqalar. 
Bularni 
antroponimik 
tadqiqotlarda 
topoantroponim, 
71
Чобанов М Н. Азербайчан антропонимикасининг эсаслари.Тбилиси: Генарлеба, 1981 
72
Элиев Ҳэсен. Умумий антропонимика проблемлери. Баку, 1985. 
73
Жапаров Сҳ. Қырғиз адам аттари. Фрунзе: Илм, 1989.
74
Идрисов А. Кыргыз тилиндаги ысмдар. – Фрунзе: Мектеп, 1971. – Б. 17-43. 


25 
etnoantroponim, gidroantroponim deb yuritiladi. Kishi nomlarining toponimga 
o‘tishi, ayniqsa, sermahsuldir. Buni tatar tilshunosi G.F.Sattarov tadqiqotlari
yorqin ko‘rsatdi
75
.
Tatar tili antroponimiyasi tizimi materiallarini to‘plash va tadqiq qilishda
G.F.Sattarovning xizmatlari katta. U 1973-yilda Tatariston hududidagi
antroponimlarni o‘rganib, tadqiqotlar asosida monografiya e’lon qildi. U 
tatar antroponimikasining shakllanishi, rivojlanishi va bugungi holatini namoyon 
etuvchi tadqiqotini davom ettirib, bevosita tatar tarixiy antroponimlari, ularning 
paydo bo‘lishi va rivoji haqida atroflicha fikrlar yuritdi va keyinchalik olim 
o‘zining doktorlik dissertatsiyasini ham himoya qildi. G.F.Sattarov
antroponimiyaga doir ishlarini davom ettirdi hamda 1981- yili “Tatar isemnere 
so‘zlege” nomli tatar antroponimlarining ma’nosi izohli lug‘atini e’lon qildi.
Muallifning yozishicha, lug‘atni tuzish uchun 50 mingdan ortiq kartoteka 
yig‘gan. Shaxs nomlari bo‘yicha to‘plangan boy lingvistik material unga 1990- 
yilda “Tatar antroponimikasi” nomli monografiyani yaratishga asos bo‘ldi. 
Ishda, asosan, ismlar tahlil qilingan. Shuningdek, ishda tatar otchestvolari 
(ota- ismlari), laqablari, familiyalarini o‘rganishga ham e’tibor qilingan
76
.
Turkman nomshunosi S.Ataniyazovning “Turkman ismlarining izohli 
lug‘ati” turkman antroponimiyasini o‘rganishga oid dastlabki tadqiqotlardan biri 
bo‘lib, olim ushbu kitobida turkiy antroponimiyaning rivojlanish tarixini ikki 
davrga bo‘lgan: 1) umumoltoy davri; 2) qadimiy turkiy qatlam davri. 
S.Ataniyazovning tadqiqotida umumoltoy davriga oid ismlar keltirilmaydi, biroq 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling