Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Tadqiqotning amaliy natijasi


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat: 
O‘zbek onomastikasining o‘rganilishida “Oyparcha”, “Nurali va 
Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” kabi 
Qashqadaryo xalq dostonlarining o‘rni va lisoniy maqomi belgilangan; 
Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik birliklarning ma’nolari 
aniqlanib, shu asosda “Qashqadaryo xalq dostonlari onomastik birliklarining 
qisqacha izohli lug‘ati” yaratilgan, onomastik birliklarning tasnifi, lug‘aviy 
qatlamlari va leksik-semantik, tarkibiy tuzilishi, yasalishi va lingvopoetik 
xususiyatlari ochib berilgan. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tahlilga tortilgan onomastik 
birliklar va materiallar o‘zbek tili tabiatidan kelib chiqqan holda xulosalar qilish 
va bu borada tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berganligi, ularning asosliligi
metodologik mukammalligi, shuningdek, qo‘yilgan masalalarning aniqligi bilan 
belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot 
natijalarining ilmiy ahamiyati o‘zbek onomastikasini, shu jumladan,
Qashqadaryo xalq dostonlari onomastikasi haqidagi ilmiy qarashlar bilan 
boyitishi, ishning ilmiy tahlili, nazariy qarash va usullaridan boshqa folklor 
asarlari onomastik birliklarini o‘rganishda foydalanish mumkinligi bilan 
dalillanadi. 
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: ish natijalari uzluksiz ta’lim 
tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘qitilayotgan tarix, o‘zbek tili va adabiyoti 


10 
fanlari uchun manba vazifasini o‘tay oladi. Shuningdek, undagi materiallar, 
natija va xulosalardan “O‘zbekiston tarixi”, “Tarixiy grammatika”, “O‘zbek 
adabiy tili tarixi”, “Badiiy matn tahlili”, “O‘zbek dialektologiyasi” fanlarini 
o‘qitishda, o‘zbek tili onomastikasi, tarixiy leksikologiyasi bo‘yicha darsliklar, 
metodik qo‘llanmalar yozishda, folklor asarlariga oid nomlarning izohli va 
ensiklopedik lug‘atlarini tuzishda, bakalavriat va magistratura ta’lim 
yo‘nalishlarida maxsus kurs, maxsus seminarlar o‘tishda manba va material 
vazifasini bajarishi bilan izohlanadi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling