Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

OYPARCHA [o‘z.-f.] – oyning bo‘lagi (parcha)sidek go‘zal qiz yoki 
oyparcha (mato turi)dek chiroyli, muloyim qiz. Shu nomdagi xalq dostonining 
yetakchi qahramoni. Shoniyoz podshoning sovchilari qarshisiga chiqib o‘zi 
uchun qalin talab qilgan va va’dasiga vafo qilib, ko‘plab erkaklarni lol qoldirgan 
qiz. Bu nom sadoqat va vafo timsoli sifatida yozma adabiyotga, jumladan, 
she’riyatga ham ko‘chgan. Ot chopilar daladan, Daryo toshar jaladan, Ipakni 
tengsimaydi, Ro‘molning guli loladan, Chiqaverdi Oyparcha, Kungurali 
qal’adan. (O-215). 
UZUMKO‘Z [o‘z.] – ko‘zlari uzumdek chiroyli qiz. “Nurali va Semurg‘”, 
“Jorxun maston” dostonlaridagi asasiy qahramonlardan birining nomi. Har 
ikkala dostonda Go‘ro‘g‘lining kelini, ya’ni Avazxonning rafiqasi, Nurali va 
Gulnorning onasi sifatida tasvirlangan. Bu nom “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi 
dostonlarning Xorazam variantida deyarli uchramagan. Avazxon Qoraxonning 
qizi Uzumko‘zni olib, undan ikki farzandli bo‘ldi. (NS-5). 


91 
TO‘QSON [o‘z.] – qishning uchta oyi (yanvar, fevral, dekabr)dan birida 
tug‘ilgan bola yoki otasi to‘qsonga kirganda tug‘ilgan bola yoxud sog‘ ulg‘ayib 
to‘qsonga kirsin. “Oyparcha” dostonida Oyparchaning farzandlarini qutqarib 
qolgan chol. Umuman olganda, doston voqealari rivojidagi yechakchi 
obrazlardan biri. To‘qson boboga kampirning zardasi o‘tgan edi, shu kechasi 
bilan Zangardan chiqib ketgan ekan. (O-234). 
BARCHIN [o‘z.] (Barchinoy, Oy Barchin, Gul Barchin, Barchin suluv) – 
shoyi mato, ipak mato, parchin yoki balchin – barchin – go‘zal, zebo qiz.
«Alpomish» dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning 
sevgilisi. Barchin mard va dovyurak qiz. U xalq og‘zaki ijodidagi
qahramonlik eposiga xos botir (alp) qiz haqidagi an’anaviy obraz
hisoblanadi. Turkiy xalqlar Barchin obrazi orqali xotin-qizlarga o‘z samimiy 
munosabatlari, katta e’zoz va hurmatlarini bildirganlar, ayollar ham yuksak 
insoniy qudrat va shon-sharafga ega ekanligini kuylaganlar. Ba’zi tarixiy 
rivoyatlarda Barchin o‘g‘uz qabilalariga beklik qilgan ayol. Bugungi kunda bu 
nom poetonim sifatida zamonaviy adabiy turlarga mansub bo‘lgan she’riy, 
nasriy, dramatik asarlardan ham joy olgan. Xususan, bu nom turli-tuman 
lingvopoetik va uslubiy vazifalarni bajarish uchun ham xizmat qilib kelmoqda. 
“Endi cho‘ponlar, ko‘nsanglar shul Norguloy So‘ltoqniki bo‘ldi, qolgan 
cho‘ponlar oy Barchinni ololmagan to‘qson alpday bo‘lib qoldi”, – dedi Dono 
cho‘pon.
(KN-55). 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling