Raqamli iqtisodiyot atamasi bizning ijtimoiy taomilimizga tez kirib bormoqda. Bu esa xalqimizni oʻz-oʻzidan aynan shu atama zamiridagi faoliyat tartibini tushunish va uni uqib olishga undab qolmay
Download 20.15 Kb.
|
Raqamli iqtisodiyot atamasi bizning ijtimoiy taomilimizga tez kirib bormoqda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoʻsh, ushbu qaror aholi va tadbirkorlarga nima beradi
Raqamli iqtisodiyot atamasi bizning ijtimoiy taomilimizga tez kirib bormoqda. Bu esa xalqimizni oʻz-oʻzidan aynan shu atama zamiridagi faoliyat tartibini tushunish va uni uqib olishga undab qolmay, balki keyinchalik uning faol ishtirokchisiga aylantiradi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot koʻpgina davlatlar uchun ustuvor yoʻnalishga aylanib ulgurgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlar ushbu sohaning yetakchi davlatlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot elektron biznes va elektron tijorat bilan bogʻliq texnologiyalarga, ular tomonidan ishlab chiqarilgan va sotiladigan raqamli tovar va xizmatlarga asoslangan faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyotning asosiy belgilariga maʼlumotlar bazalari mavjudligi, yuqori darajada avtomatlashtirilganligi, elektron xujjat almashinuvi, buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektronlashtirilganini aytish mumkin. Biz kundalik hayotimizda raqamli iqtisodiyotning elektron tijorat (elektron auksion), elektron bank xizmatlari, elektron toʻlovlar kabi elementlaridan foydalanib kelamiz. Ushbu axborot texnologiyalarini rivojlantirish orqali kundalik hayotimizda qulayliklar yaratish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Ahamiyatli jihati, mazkur hujjatda mamlakat iqtisodiyoti uchun bir qator qulayliklar yaratishda ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Uning ijrosini taʼminlash esa davlat tashkilotlaridan tortib, to xususiy sektorlar ishida katta masʼuliyat yuklaydi. Qaror 2020-yil – Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni oʻzida ifoda etgan. Undan koʻzlangan maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yana-da oshirishdan iboratdir. Raqamli iqtisodiyot sharoitida foydalanilayotgan barcha tovar va xizmatlar bevosita telekommunikatsiya xizmatlari bilan bogʻliqligi hisobga olinib, qarorda 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga koʻpaytirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, 2020-2021-yillarda ijtimoiy sohada internet sifatini yaxshilash, mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish, 2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutib, elektron hukumat tizimini rivojlantirish, 2023-yilda “raqamli tadbirkorlik” xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish, taʼlim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga oʻqitish markazlarini ochish vazifasi belgilangan. Xoʻsh, ushbu qaror aholi va tadbirkorlarga nima beradi? Birinchidan, barcha sohalarda qogʻozbozlik kamayishi va mehnat unumdorligi oshishiga xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi va istemolchi ish joyini tark etmagan holda hujjatlar taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladi. Ikkinchidan, barcha maʼlumotlar yagona bazaga kelib tushib, uni tahrirlash va tekshirish osonlashadi. Uchinchidan, tovar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlarning tezkor yetib borishiga yordam beradi. Toʻrtinchidan, davlat va fuqaro orasidagi masofa kamayadi. Beshinchidan, mikro darajadagi moliyaviy operatsiyalarni makro darajaga olib chiqishga imkoniyat yaratiladi. Misol uchun, tadbirkor tovar va xizmatlarini oʻz hududi doirasida taklif qilgan boʻlsa, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali u butun mamlakatga, shuningdek, chet davlatlarga ham oʻz mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega boʻladi. Oltinchidan, korrupsiyaga chek qoʻyadi. Olib borilayotgan barcha xizmatlarning avtomatlashtirilgan va elektronlashtirilganligini hisobga olsak, sohalarda maʼlumotlarni soxtalashtirish, oshirib yoki kamaytirib koʻrsatishning imkoni mavjud emas. Shuni unutmasligimiz lozimki, milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish ulkan infrastrukturani va ommaning bunga tayyor boʻlishini talab etadi. Xususan, texnik tarafdan raqamli texnologiyalarni joriy etish asnosida yagona milliy serverimizni tashkil etish va uni kengaytirish, xalqning smartfon va boshqa aqlli qurilmalar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish zarur. Mamlakatning barcha hududlarida internetga kirish imkoniyatining bir xil sharoitlarda va maqbul tariflarda mavjudligini taʼminlash va logistika (jumladan, pochta) tizimini rivojlantirish raqamli iqtisodiyot rivojida muhim omillardan. Shu bilan birga, xalqimizga raqamli axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalligini keng targʻib etish va taʼlim tizimida raqamli iqtisodiyot bilan bogʻliq fakultativlarni koʻpaytirishdek dadil qadamlar ham raqamli iqtisodiyotga jadal kirib borishimizga kuchli turtki boʻladi. Download 20.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling