“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi
* Muallif tadqiqotlari natijasida umumlashtirgan
Download 0.85 Mb.
|
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Korxonalarda mehnatni tashkil qilish asosida xodimlarning sifat tarkibini takomillashtirish yo‘llari
- Ijtimoiy omillarga
- Tashkiliy omillarga
* Muallif tadqiqotlari natijasida umumlashtirgan
Buni hisobga olgan holda O‘zbekiston korxonalari iqtisodiyoti Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan, xodimlarni boshqarish tizimi sohasidagi ma’lum xalqaro tajribalarni qiyosiy va tanqidiy o‘rganib, undan boshqaruv amaliyotida samarali foydalanishlari zarur. Xodimlarni boshqarishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘rganish hamda undan amaliyotda foydalanish milliy korxonalarga Yuqori iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi. 3.2. Korxonalarda mehnatni tashkil qilish asosida xodimlarning sifat tarkibini takomillashtirish yo‘llari Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi, mehnat vositalari va mehnat predmetlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. O‘zaro bog‘liqlik va ta’sir mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Shuni qayd etib o‘tish joizki, mehnatni tashkil etish bevosita mehnat samaradorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy omillar tizimiga muvofiq bo‘ladi. Insonlar mehnat faoliyatlari davomida mahsulot va xizmatlar yaratish uchun o‘z bilim va tajriba(mahorat)larini birlashtira- dilar. Shu nuqtai nazardan, mehnatni tashkil etish insonlarning bu maqsadga erishish uchun o‘zlariga yuklatilgan shaxsiy topshiriq- larni qay tarzda bajara olishlarini belgilab beradi. Odatda bu holda korxona jamoasi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari tizimi- ni shakllantiradigan, taqsimotni muvofiqlashtiradigan va aniq belgilab qo‘yilgan ish qoidalarini rasmiylashtiradigan tizim tarkib topadi. Bunday muvofiqlashtirish natijasida bir toifa ishchilar boshqalarga bo‘ysunadigan va ular tomonidan nazorat qilinadigan bo‘ladilar. Mehnatni tashkil etish tizimida mehnat jarayoniga ta’sir etuvchi 4 ta omil mavjud, bular ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va tashkiliy omillardan iboratdir. Ijtimoiy omillarga ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar, ularning ishga yollanuvchi va ishga yollovchi o‘rtasida vujudga keladigan mehnat munosabatlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy omillarga ishga yollanuvchi va ishga yollovchining shaxsiy hamda korxona maqsadlarida iqtisodiy naflilikning vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Texnologik omillarga esa mashina-uskunalar, texnik qurollanish, texnologiyalash- tirish va avtomatlashtirish, texnologik jarayonlardan iborat bo‘ladi. Tashkiliy omillarga esa ishchi-xizmatchilarning kasbiy mahorati va ijodiy potensialini oshirish hamda foydalanishda namoyon bo‘ladi. Mehnatni ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va tashkiliy tamoyillar asosida tashkil etish, bizning fikrimizcha, 3 ta asosiy xususiyatga ega: birinchidan, inson mehnatidan samarali foydalanishda uning mehnat potensiyali, malaka darajasi, ishchi-xizmatchilarning mehnatga bo‘lgan munosabatini yaxshilash va mehnat sharoitlarini yaratishni nazarda tutiladi. Bu tamoyil ishchilar guruhlariga mehnat faoliyati jarayonida adolatli mehnat sharoiti, mavjud bilim, tajriba va ijodiy imkoniyatini qo‘llash va oshirishga asoslanadi. Ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarishda iste’mol qiymatini yaratuvchi insonning ishlab chiqarishga qo‘shgan his- sasini hisobga olish va iste’mol sarfini qondirish darajasidagi ijtimoiy me’yorning ta’minlanishi hamda mehnatdan samarali foydalanish asosida korxonaning daromadlari oshishini ko‘zlaydi. Uchinchidan, mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy texnologik asbob-uskunalar, bajaradigan operatsiyalar turiga ko‘ra, umumiy va maxsus mo‘ljallanishli, turli va ma’lum bir opera- siyani bajaradigan funksional vazifalar bo‘yicha texnologik ixtisoslashishni nazarda tutadi. Mehnatni tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy va ijtimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakl- lantirilishini zarurat etadi. Ushbu asoslarni qo‘yidagilar tashkil etadi: Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling