“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa


Download 0.85 Mb.
bet19/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Inson resurslarini boshqarish ob’ekti - bu mehnat jamoasi sifatida ishlaydigan alohida xodim, shuningdek ularning ma’lum bir to‘plami. Xodimlar to‘plamiga korxonaning umumiy boshqaruv qarorlariga bo‘ysunadigan barcha xodimlari ham, bo‘lim, do‘kon tarkibiy bo‘linmasi xodimlari ham kirishi mumkin. Boshqarish ob’ektlari, shuningdek, ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatning ishlab chiqarish kadrlarining oqilona tuzilishini aniqlash, ishchilarni ishlab chiqarish jarayonida joylashtirish, inson mehnatidan foydalanish samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash kabi jihatlari hisoblanadi. korxonalardagi umumiy ishchi kuchining tarkibi.
Korxonalarning kadrlar xizmatlari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, o‘zlarining bo‘ysunuvchilariga nisbatan menejment funksiyasini bajaradigan barcha darajadagi menejerlar korxonaning kadrlar salohiyatini boshqarish sub’ektlari sifatida harakat qilishadi. Inson resurslarining mohiyati korxona xodimlarining mehnat salohiyatining sifat va qisman miqdoriy xususiyatlarini aks ettiradi.
Bir qator mualliflarning fikriga ko‘ra, kadrlar salohiyati - bu korxonalar tovarlari, xizmatlari va bilimlari bozorlarida strategik ustunliklarga ega bo‘lgan harakatlarni tanlash, bajarish va muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar ishchilarining umumiy qobiliyatidir.

III BOB KORXONALARNI MODERNIZATSIYALASH ORQALI XODIMLARNING ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI


3.1 Korxonalarda xodimlar ish samaradorligini oshirishning ilg‘or xorijiy tajribalaridan foydalanish istiqbollari
Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida moliyaviy, iqtisodiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish bilan birga albatta xodimlar rolini ham oshirib borish zarur. Buning uchun rahbarlar har bir xodim tashkilotning asosiy qadriyati ekanligini uni boshqarish jarayonida tan olishi lozim. XX asr oxiriga kelib tashkilotlar inson hayotining universal shakliga aylanishga ulgurib, bir qancha maqsadga yo‘naltirilganlik, faoliyat yuritishi va rivojlanishi, tartiga solingan tashkiliy tuzilmasi, alohida madaniyati, doimiy ravishda tashqi muhit bilan aloqadorligi, turli resurslardan foydalanishi kabi belgilariga ega bo‘ldi. Ushbu belgilarning kombinatsiyasi har bir tashkilot uchun alohida xususiyatga ega bo‘lib ular ichida inson resurslari markaziy o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan mehnat munosabatlari va ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Hozirgi o‘ta globallashgan zamonda kadrlarning noto‘g‘ri tanlanishi o‘z navbatida tashkilotlar uchun ko‘p yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Tashkilot rahbari yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda e’tiborga olishi muhim bo‘lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma’noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli kompaniyalarida qo‘llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib,ulardan milliy iqtisodiyotimizda foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi bozor sharoitida faoliyat yuritish xodimlarni boshqarish masalasiga yangicha nigoh bilan qarashni talab qilmoqda. Rivojlangan raqobatchilik muhiti o‘z navbatida xodimlarning doimiy malakasini oshirib borishni talab etgan holda ularning raqobatbardoshligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xozirgi vaqtda boshqarish adabiyotlarda boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish sifatida qaraladi. Shuning uchun boshqaruvning quyidagi qoidasi qabul qilingan: boshqaruv – bu tashkilot maqsadlarini aniqlash va ularga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashqil qilish, motivlashtirish va nazorat jarayonlari hisoblanadi. Shuningdek adabiyotlarda ta’kidlanishicha xodimlarni boshqarish uchun inson xulqi nimaga bog‘liqligi, o‘z hayotida nimaga asosolanishini bilish zarurdir. Kishi hulqi, faoliyati, harakatlari anglangan, biror maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Biror harakatni rag‘batlantiruvchi kuch - moddiy va ma’naviy extiyojlardir. Lekin, insonning barcha harakati ham o‘z ehtiyojini qondrishga qaratilmagan. Masalan, xodim ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni faqat o‘zi iste’moli uchun yaratmaydi. Xodim ehtiyoji bilan harakati, xulqi o‘rtasida qator bevosita ifodalanuvchi bo‘g‘inlar mavjud. Bular manfaat, hohish, qizqishdir. Ma’lum sharoitlarda ular inson xulqini rag‘batlantiruvchi kuchga aylanadi. Rag‘bat harakat qilishni qaror qilishga olib kelsa, qaror harakatga olib keladi.
“Xodimlarni boshqarish” kategoriyasini tadqiq qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlarni tahlil etganimizda tashkilot xodimlari mehnat mazmunining tavsiflari va ko‘rsatkichlari tizimiga ko‘ra bir necha toifalarga bo‘linganligini va ularga alohida ta’riflar berilganligi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 795-son qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori”64 ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarning xodimlari mehnat mazmunining tavsiflari va ko‘rsatkilari tizimiga ko‘ra quyidagi toifalarga ajratilgan (3.1.1-rasm).




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling