“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


Korxonalarida xodimlar ish samaradorligini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili


Download 0.85 Mb.
bet16/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

2.3. Korxonalarida xodimlar ish samaradorligini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili


Mehnat samaradorligining oshishi mehnat unumdorligini yanada oshishini ta’minlab zaruriy mehnat sifatini saqlagan holda mehnat sarfi qisqarishiga olib keladi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida nafaqat ishchining ma’lum vaqt birligidagi faoliyati mahsuli qay darajada bo‘lganligi, balki buning uchun qancha mehnat sarflanganligi ham muhim hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishdagi mehnat sarfi ishchilar soni va ularga to‘lanadigan maosh orqali hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarning unisi ham, buni ham ish vaqti orqali hisoblanishi mumkin. Shu sababdan ham mehnat samaradorligini tahlil qilish jarayonida ishning qancha vaqt birligida amalga oshirilganligi emas, balki mazkur vaqt strukturasi bo‘yicha hisobi ko‘zda tutiladi. Mehnat samaradorligi ishchi kuchi sarfidan oqilona foydalanish tamoyili asosida shakllanadigan mehnat munosabatlari orqali ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka erishishni nazarda tutadi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichini korxonaning samaradorlik ko‘rsatkichidan farqlash muhim hisoblanadi. Korxonaning samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashda barcha sarflar hisobga olinadi, jumladan:
moliyaviy, moddiy va mehnat. Shuning uchun, faqat mehnat resurslarini hisobga oluvchi mehnat samaradorligini korxona samaradorlik ko‘rsatkichining alohida ko‘rsatkichi sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining naqadar muhumligini hisobga olgan holda shuni qayd etish lozimki, hozirgi kunga ko‘plab iqtisodchi olimlar tomonidan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichini hisoblashning metologiyasi va umumiy formulasi yaratilgan emas. Shunday bo‘lsada, “...mehnat samaradorligini hisoblashni ifoda etuvchi ko‘rsatkich sifatida umumiy, xususiy, mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalangan holda hisoblash mumkin”60. Umumiy ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish maqsadlari va erishishda ishlati- ladigan vositalarni hamda usullarni aks ettiradi. Masalan, umumiqtisodiyot tarmoqlari darajasida milliy daromad, ijtimoiy mehnat unumdorligini, ishlab chiqarish darajasida miqdor va foyda me’yorini aks ettiradi. Xususiy ko‘rsatkichlar sirasiga mehnat resurslaridan va ish vaqtidan samarali foydalanish, mehnatning fond bilan qurollanganligi, mehnatning barqarorligi, mehnat natijasining sifati, mehnat haqi sarflarining tejalishi va hokazolar kiradi. Mutlaq ko‘rsatkichlar qiymat yoki natural birliklarida, nisbiy ko‘rsatkichlar esa foizlarda ifodalanadi.
Mehnat samaradorligini hisoblashni umumiy ko‘rsatkichlar ko‘rinishida ifodalash uchun qo‘yidagi hisoblash formulasidan foydalangan holda topiladi:

Bu yerda: Mc – mehnat samaradorligi; Иx – ish hajmi (vaqt birligi davomida); Си – ishchilar soni; Mсифат – mehnat sifati ko‘rsatkichi.
Mehnat samaradorligini hisoblashning umumiy ko‘rsatkichidan foydalangan holda aniqlashda ishlab chiqarish jarayonida ma’lum vaqt birligi (minut, soat, smena) davomida ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdorini shu mahsulot hajmini ishlab chiqarishda ishtirok etgan ishchilar soni bilan korxonaning o‘ziga xos ish faoliyatiga asoslangan holda ishlab chiqilgan mehnat sifati ko‘rsatkichi ko‘paytma yig‘indisiga nisbati asosida hisoblab topiladi. Ushbu hisoblash uslubining mehnat samaradorligini to‘laqonli baholashda kamchiliklari mavjud. Masalan, ishchilarning mehnat faoliyatidagi ish tajribasi va mahoratini, sarflangan ish vaqti va ishchi kuchi tejalishini hamda bajarilgan ish sifatini ifoda etmaydi. Umumiy ko‘rsatkich ifoda etmaydigan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarini xususiy ko‘rsatkichlarda alohida ko‘rsatkichlarga bo‘lingan holda hisoblab topish mumkin.
Mehnat samaradorligini aniqlashning xususiy ko‘rsatkich- lari qo‘yidagilar hisoblanadi:
• mehnat unumdorligi va uning o‘zgarishi;
• ishchilarning mehnat tajribalari (malaka, bilim);
ish sifati;
• jonli mehnatni tejash;
• ish vaqtidan oqilona foydalanish;
• mehnat haqi mablag‘laridan foydalanish samaradorligi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling