«raqamli iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariya» fanidan


Bozor iqtisodiyoti haqida tushuncha, uning mazmuni, vazifalari va tuzilishi


Download 274.29 Kb.
bet2/13
Sana04.05.2023
Hajmi274.29 Kb.
#1425891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va uning asosiy belgilari

1. Bozor iqtisodiyoti haqida tushuncha, uning mazmuni, vazifalari va tuzilishi
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona хo’jalik yuritishga undovchi dеmokratik iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi.
Bozor iqtisodiyotining ayrim o’ziga хos bеlgilari bor (1-rasm):
a)xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi;
b)ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Markеting muhim rol o’ynaydi;
d) erkin raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini chеklashga qaratiladi. Bundan shunday хulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi.
Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz beradigan joy gavdalanadi, lekin ko’pchilik do’kon, birja yoki auksionni bozor tarzida qabul qilmaydi. Aslida "bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsada, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a’zosidir.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog’lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya’ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Bozor bo’lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo’lishi talab qilinadn. Sotuvchi o’z tovarini yaxshi qo’llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma’qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga intiladi. Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo’lishidan qat’i nazar (fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo’lsa, boshqa bozorda xaridor vazifasini o’taydi.


Download 274.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling