«raqamli iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariya» fanidan
-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari
Download 274.29 Kb.
|
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va uning asosiy belgilari
3-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (3-rasm). Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi bir o’quv adabiyotlarida bozor iqtisodiyotini bosqichlarga ajratishda ma’lum noaniqlik, chalkashliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, D.Tojiboeva uning dastlabki («kurtak»), erkin, tartibga solinuvchi va deformastiyalashgan bosqichlarini ajratib ko’rsatadi2. Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi: Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformastiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol - ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim - o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: - ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; - ishlab chiqarishning ixtisoslashishi. Download 274.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling