Raqamli iqtisodiyot sharoitida tashqi manba
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-tashqi-manba-ma-lumotlaridan-foydalangan-holda-kameral-soliq-tekshiruvini-o-tkazish-tartibi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 195 w www.oriens.uz June 2021 soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Joriy yilning 2 mart kuni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi. Ushbu davlat dasturiga ko‘ra, Soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, soliq ma’muriyatchiligini shaffof yo‘lga qo‘yish, soliq yukini kamaytirish hamda soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish uchun 2020 yil 20 martga qadar Davlat soliq qo‘mitasi, «Soliq servis» DUK, Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklariga: Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va autsorsing asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari moliyalashtirish manbalari xisobidan 15 mln AQSh dollari ajiratildi. Davlat dasturiga ko‘ra quydagilar davlat dasturini amalga oshirish mexanizmi etib belgilandi. Ushbu mexanizimni tadqiqotimiz bilan bog‘liq qismi quydagilar. - Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish; - soliq to‘lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to‘liq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Tahlika-tahlil» dasturiy mahsulini yaratish; - onlayn nazorat kassa-mashinalari, virtual kassalar hamda elektron hisobvaraq- faktura ma’lumotlarini qayta ishlash va ular asosida soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish jarayonini avtomatlashtirish; - «Big data» arxitekturasi asosida ma’lumotlarni qayta ishlovchi «Business Intelligence» tahliliy modellarni joriy etish, yirik hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi quvvatini oshirish; - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari parkini yangilash; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling