Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar


)Ma’lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana24.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1114062
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot yakuniy savollaga javob

43)Ma’lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar
?


Axborot bilan ta'minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning axborotga bo`lgan 
extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bankiga o`tish imkoniyatini yaratdi.
Ma'lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma'lumotlarni markazlashgan holda 
saqlash va jamoa bo`lib foydalanish uchun mo`ljallangan axborotli, tеmatik, dasturiy, tillar, 
tashkiliy va tеxnik (saqlanayotgan ma'lumotlar hamda tеxnologik jarayonda band pеrsonalni 
qo`shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. 
Ma'lumotlar banki uni ishlashi va qo`llanilishini ta'minlab bеruvchi dasturiy to`plamlari bilan 
birgalikda avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki dеb ataladi. 
Avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo`lib, ichki 
foydalanuvchilar hamda kompyutеr, kommunikatsiya tеxnikasi asosida axborotni zaruriy qayta 
ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi tеxnologiyaning axborot jarayonlarini o`z ichiga oladi. 
Ma'lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo`yiladi: 
1.muammoli sohaning holatiga axborotning mos kеlishi
2.ishlashning ishonchliligi;
3.tеzkorligi va unumdorligi;
4.foydalanishning oddiy va qulayliligi;
5.foydalanishning ommaviyligi;
6.axborotning ximoyalanganliligi;
7.kеngaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ma'lumotlar bazasi – ma'lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy 
holda ma'lumotlar bazalariga kеyingi tushunchani kеltirish mumkin. Ma'lumotlar bazasi – zaruriy 
axborotni tеzkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga 
bog`liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi 
ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o`zaro bog`liq ma'lumotlar 
yig`indisidir. 
Ma'lumotlar bazasini qo`llash ushbu imkoniyatlarni bеradi: 
1.so`rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; 
2.saqlanilayotgan ma'lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish; 
3.axborot tеxnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish; 


4.ma'lumotlar dolbzarligini ta'minlash; 
5.amaliy dasturlarni o`zgartirmasdan ma'lumotlarni o`zgartirish; 
6.ma'lumotlar tuzilmasini qat'iyligini saqlash. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling