Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli


Download 111.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi111.42 Kb.
#1626206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni va ahamiyati

TAHLIL VA NATIJALAR
Iqtisodiy faoliyat asosiy eʼtiborni raqamli iqtisodiyot platformalariga qaratadi. 
Raqamli iqtisodiyot platformasi bu – isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilarning 
ehtiyojlarini taʼminlaydigan, shuningdek, ular o‘rtasida to‘gridan-to‘gri o‘zaro aloqa 
qilish imkoniyatlarini amalga oshiradigan servis va funktsiyalar to‘plamiga ega 
bo‘lgan raqamli muhit (dasturiy-apparat kompleksi). Elektron platforma – turli 
kompaniyalar unga ulanish imkoniga ega va o‘zining Web-hukumatidan 
taʼminotchilar va real va potentsial mahsulot/xizmat isteʼmolchilari bilan o‘zaro 
aloqalarni amalga oshirish maqsadida foydalanishi mumkin bo‘lgan elektron resurslar 
turidir. Masalan, elektron moll har bir savdo kompaniyasi oldida Web-vitrinaga ega 
bo‘lish va tranzaktsiya o‘tkazish imkonini beradi. Raqamli platformalar qatoriga 
tarmoq, tarmoqlararo virtual birjalarni kiritish mumkin bo‘lib, ular kompaniyalarga 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 4-son 

elektron ko‘rinishda oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirish imkonini beradi va 
bunda taʼminotchilar va mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish xarajatlarini 
qisqartiradi. Platformaning qimmatliligi – qatnashchilar orasida o‘zaro aloqa 
jarayonini 
taʼminlash 
va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kommunikatsiya 
taqdim 
etish 
imkoniyatidadir [13]. 
Platformalar xarajatlarni pasaytiradi va taʼminotchilar uchun ham, isteʼmolchilar 
uchun ham qo‘shimcha funktsional taqdim etadi. Ular, shuningdek, qatnashchilar 
o‘rtasida axborot almashinishni ham ko‘zda tutadi, bu esa hamkorlikni sezilarli 
darajada yaxshilashi hamda innovatsion mahsulotlar va kiyimlar yaratishga xizmat 
qilishi lozim. “Platforma” biznes– model sifatida uzoq vaqtdan buyon mavjud. Bunga 
oddiy misol qilib sotuvchi va xaridorlar (ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilar)
bir-birini topadigan klassik bozorni keltirish mumkin (2-rasm). 

Download 111.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling