Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022-yil, 4-son
1
UDK: 330.47
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI
PLATFORMALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
instituti “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri,
iqtisodiyot fanlari doktori, akademik
E-mail: s.s.gulomov@mail.ru
Mustafakulov O‘ktam Ungboyevich
Kadrlar malakasini oshirish va statistik
tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti (PhD)
E-mail: www.uktambek.uz@mail.ru
ANNOTATSIYA. Maqolada jahon amaliyotidagi va SaaS tizimidagi raqamli
platformalar haqida fikr yuritildi. Raqamlashtirishning muvaffaqiyati uchun
innovatsion raqamli texnologiyalarga to‘liq asoslangan yangi iqtisodiy modellarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir. Raqamli platformalar bozori uning
ishtirokchilarining iqtisodiy modellarini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Maqolada ko‘rib chiqilgan raqamli platformalarga misollar shuni ko‘rsatadiki, har
bir platforma o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, tovar va xizmatlarni ishlab
chiqaruvchilar funktsiyalarining maʼlum bir qismlarini o‘z zimmasiga oladi. Maqola
global platformalarni shakllantirishning asosiy yondashuvlari va amaliyotlarini
tahlil qilishga bag‘ishlangan. Dunyo bozorlari transformatsiyasi va xalqaro raqobat
sharoitlarini o‘zgartirish uchun global raqamli platformalarning strategik
ahamiyatini baholash ko‘riladi. Xalqaro miqyosda taraqqiyot raqamli platformalar
samarasini taʼkidlasa-da, “platformatizatsiya” oqibatlaridan xududlardagi ishlab
chiqarish va jahon savdosida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun kelib chiqadigan
asosiy muammolar va tengsizlik yuzaga kelayotgani ham bayon qilingan.