Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli


-rasm. Raqamli platformalar bozori kapitallashuvi


Download 111.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi111.42 Kb.
#1626206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni va ahamiyati

4-rasm. Raqamli platformalar bozori kapitallashuvi 
Platformalarning strategik maqsadlari xalqaro kompaniyalarning koorperativ 
strategiyalarining anʼanaviy maqsadlaridan farq qiladi, chunki ular o‘z firmasidan 
tashqariga chiqadi, lekin qiymat zanjirining eng samarali amalga oshirilishiga yordam 
beradigan platforma hamkorlarining butun ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan. 
Platforma ekotizimini boshqarish platformaga kirish subyektlarini ajratish, ular 
orasidagi qiymatni taqsimlash va nizolarni hal qilish usullarini o‘z ichiga oladi. Bu 
platformalar va anʼanaviy biznes modellari o‘rtasidagi farq tezkorlik, samarali 
hamkorlik va innovatsiyalar ko‘lamidadir. Ikkinchidan, platformalar innovatsiyalarni 
tezlashtirish qobiliyatini ham ochdi (Apple faqat ichki ishlab chiquvchilar 
suyanganda mamlakatlardagi mijozlarga erisha olmasligini tan oladi). Keng ko‘lamli 
tadqiqotlar (P. Evans, А. Gawer) 176 platforma kompaniyasini 4,3 trln dollar bozor 
kapitallashuvi bilan aniqladi, ularning 82 tasi Osiyoda va 64 tasi Shimoliy Аmerikada 
joylashgan (platformalar qiymatining 72 foiz Shimoliy Аmerikada va Osiyoda esa 
faqat 22 foiz).
Mulkchilik shakli mezoni asosida 69 ta platforma – davlat kompaniyalari 
(aktsionerlik jamiyatlari), 107 tasi esa xususiydir (ularning aksariyati nisbatan yosh, 
tez o‘suvchi kompaniyalar). Ommaviy platformalar bitimlar katta hajmi bilan 
ifodalanadi va ularning bozor qiymati 3,9 trln dollardir. Bu ko‘rsatkich, xususiy 
platformalar uchun 0,3 trln dollar bo‘lib sezilarli darajada farq mavjud. Raqamli 
platformalarning ko‘pchiligi faqat ikkita mintaqada – Osiyo va Shimoliy Аmerikada 
kontsentratsiya qilingani, hatto rivojlangan mamlakatlarning hammasi ham raqamli 
Logistika
3,9 trln
Avtomobil 
sanoati
3,8 trln 
Iste’mol 
tovarlari
10,3 trln 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 4-son 

transformatsiyadan to‘liq foydalana olmasligini ko‘rsatadi. Maʼlumki, global raqamli 
platformalarning rivojlanishi katta maʼlumot tahlillari va sunʼiy intellekt sohasida 
sezilarli taraqqiyot bilan belgilanadi, bu esa isteʼmol va qo‘llash imtiyozlari tarkibida 
tub o‘zgarishlarga olib keldi [11]. 
Platformalarning biznes modellari va o‘zaro foydalanish iqtisodiyoti xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar o‘rtasida vositachisiz tarmoqlar hosil bo‘lishiga olib keldi. Shu 
asosda, ishlab chiqarish, isteʼmol, almashish va tovarlarni taqsimlash ierarxik, 
mahkam markazlashgan boshqaruv modellari foydalanmagan holda gorizontal bir 
rangdagi darajada amalga oshiriladigan portlash yuz berdi (“peer-to-peer economy” 
yoki R2R – iqtisodiyoti). Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning to‘xtovsiz 
o‘sib borishi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyat va uni hal 
qilish yo‘lini izlab topishdan iboratdir [14]. 
Sun’iy intellekt masalalari bilan shug‘ullanadigan Facebook laboratoriyasi 
muhandislari 2017-yilning iyunida insonlar bilan savdolasha oladigan bot bo‘yicha 
ma’lumotlarni oshkor qildilar. Quartzning yozishiga ko‘ra, tizimni o‘zgartirish 
jarayonida Amazon Mechanical Turk onlayn kraudsorsing platformasi yordamida 
yig‘ilgan 5,8 mingta real insonlarning dialoglaridan foydalanilgan [14]. 
XULOSA
Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi va 
iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo‘lini 
izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga 
quyidagi muammolarni qo‘yadi:
a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va 
tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
b) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
c) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, 
material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, 
resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish;
d) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi.
Kelajak nuqtayi-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish 
mumkin? Fikrimizcha, bu obyektiv jayon bo‘lib, uni to‘xtatib turishga bizda imkon 
yo‘q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda 
salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish va 
qo‘l mehnatini texnologiyalar bilan almashtirilishi hisobiga ish o‘rinlari ancha 
miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab 
chiqarish unumdorligining oshishi, oldin xayolga ham kelmagan yangi 
imkoniyatlarning paydo bo‘lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, 
muammo inson bilan bog‘liq – inson ham bunday global o‘zgarishlarga tayyormi? 
Ilg‘or texnologiyalar katta siyosiy g‘alayonlar, to‘qnashuvlar, misli ko‘rilmagan 
tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? 
Robotlar va sun’iy intellekt tizimlari insonlar o‘rnini egallab olib, ularning 
raqobatchilariga 
aylanmaydimi? 
Chunki 
raqamli 
transformatsiya 
insoniyat 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 4-son 
10 
evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday 
o‘zgarishlar ko‘p martalab sodir bo‘lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo‘lib, ular 
odatiy mutaxassisliklarning o‘rning egallaganlar. Ammo bularning natijasida insonlar 
ko‘pchilik hollarda manfaat ko‘rganlar xolos. Moslasha olmaydiganlar uchungina 
bunday jarayonlar yomon bo‘lib chiqqan, albatta. Lekin, ko‘pchilik insonlar moslasha 
oladilar va buning natijasidan insoniyat hayoti yanada farovon va yanada yaxshi 
bo‘lib boraveradi. 
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. 
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning 
ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga 
kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok 
eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import 
kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

Download 111.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling