Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli


Blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq


Download 111.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi111.42 Kb.
#1626206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni va ahamiyati

Blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq 
patentlar 
AKT kompaniyalarining jaxon bozoridagi 
kapitallarining ulushi
2009 2018 
Dunyo 
mamlakatlar

AQSH va 
XITOY 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 4-son 

Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida Alibaba 
elektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish mumkin. 
Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash jarayoni 
iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli ustunliklar yaratadi. 
Alibaba bu – oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. 
Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta bo‘ladi. 
Hatto, AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda turli 
platformalarni integratsiya qilishga to‘g‘ri keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish 
samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan boshqa platformaga qarab o‘tish 
asta-sekinlik bilan ro‘y berdi [4]. 
Raqamli iqtisodiyot platformasi – iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning 
ehtiyojlarini ta’minlaydigan, shuningdek, ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro 
aloqa qilish imkoniyatlarini amalga oshiradigan servis va funksiyalar to‘plamiga ega 
bo‘lgan 
raqamli muhitdir (ya’ni, dasturiy-apparat kompleksdir). Bunday 
platformaning vazifasi – qatnashchilar orasida o‘zaro aloqa jarayonini ta’minlash va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyatidadir [5]. 
Platformalar 
xarajatlarni 
kamaytiradi 
va 
ta’minotchilar 
uchun 
ham, 
iste’molchilar uchun ham qo‘shimcha funksional imkoniyatlar taqdim etadi. Ular, 
shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida o‘zaro axborot almashinishni ham ko‘zda tutadi, 
bu esa hamkorlikni sezilarli darajada yaxshilashi hamda innovatsion mahsulotlar va 
yechimlar yaratishga xizmat qilishi lozim.[6] Platforma biznes-model sifatida uzoq 
vaqtdan buyon mavjud. Bunga oddiy misol qilib sotuvchi va xaridorlar (ishlab 
chiqaruvchi va iste’molchilar) bir-birini topadigan klassik bozorni keltirish mumkin 
[7]. Hozirgi kunda platforma biznes-modellari tamoyillari sifatida ularning asosida 
faoliyat ko‘rsatadigan ko‘plab faol o‘sib borayotgan kompaniyalarni aytib o‘tish 
mumkin bo‘lib, ularning eng mashhurlari Uber va Airbnb hisoblanadi [8]. Qiymat 
yaratish nuqtayi nazaridan bir necha turdagi platformalar ko‘rsatiladi, masalan, 
tranzaktsion platformalar − ko‘pchilikni tashkil qiladi, ammo ular bozor 
kapitallashuvi jihatidan kam hajmli, innovatsion va integratsiya platformalar esa 
aksincha gigant hisoblanadi, garchi ular soni oz bo‘lsa ham. 

Download 111.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling