Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli
participants. The examples of successful digital platforms discussedin the article
Download 111.42 Kb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni va ahamiyati
participants. The examples of successful digital platforms discussedin the article
show that each platform has its own characteristics and takes on certain parts of the functions of producers of goods and services, which allows them to move to a new model of economic behavior. It was concluded that digital platforms would enable the economy to grow rapidly. The article is devoted to the analysis of the main approaches and practices of the formation of global platforms. An assessment of the strategic importance of global digital platforms for the transformation of world markets and changing international competitive conditions is seen. Although development at the international level emphasizes the effectiveness of digital platforms, it is also stated that the consequences of “platformization” create major problems and inequality for developing countries in regional production and world trade. Key words: digital platform, industrial internet, SaaS - service as a service, digital transformation, cloud computing, digitization, global digital platform, network effects, transnational company, business models. KIRISH Mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, modernizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quvvatlari, yangi energiya manbalari, turli xil infratuzilmalar, yo‘llar, transport vositalari ishga tushirilmoqda. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlari hajmi ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi ertangi kunga bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 4-son 3 Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida va boshqa qator majlislarda so‘zlagan nutqlari va qilgan ma’ruzalaridan, qabul qilingan yangi farmonlar va qarorlardan hamda Oliy Majlisga murojaatnomasidan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan strategik vazifalardan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z yechimini topmagan murakkab muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan o‘ta dolzarb va qiyin vazifalar juda ko‘p ekan. Mamlakatimiz prezidenti ta’kidlaganidek, “oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi” [1]. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama- qarshiliklarning kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati susayishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining sust o‘sishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘rniga aksincha, oshishi holati yuz berishi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar – islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar va muammolarni hal etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. “O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz” [2]. Hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan ushbu murakkab muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning, ilm-fanni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 4-son 4 rivojlantirib, raqamli iqtisodiyotga o‘tishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. “Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”[1]. Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunib, amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o‘zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas. Download 111.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling