Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Download 111.42 Kb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni va ahamiyati
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hisobga olingan. Undagi mavzular mazmunini yoritishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, ma’ruzalari, mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar, ayniqsa keyingi vaqtlarda qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalarning qisqacha tahlili berilgan, ulardagi ijobiy tomonlardan foydalanilgan va ba’zi bir munozarali jihatlar esa tanqidiy ravishda o‘rganilib, shaxsiy yondashuvlar bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 25- yanvardagi 2020-yil uchun eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo‘yicha o‘z fikrlari. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish borasida 1 , shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 31-avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarorlari keltirib o‘tilgan. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi Farmoni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 4-son 5 Download 111.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling