Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli


participants. The examples of successful digital platforms discussedin the article


Download 111.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi111.42 Kb.
#1626206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni va ahamiyati

participants. The examples of successful digital platforms discussedin the article 
show that each platform has its own characteristics and takes on certain parts of the 
functions of producers of goods and services, which allows them to move to a new 
model of economic behavior. It was concluded that digital platforms would enable 
the economy to grow rapidly. The article is devoted to the analysis of the main 
approaches and practices of the formation of global platforms. An assessment of the 
strategic importance of global digital platforms for the transformation of world 
markets and changing international competitive conditions is seen. Although 
development at the international level emphasizes the effectiveness of digital 
platforms, it is also stated that the consequences of “platformization” create major 
problems and inequality for developing countries in regional production and world 
trade. 
Key words: digital platform, industrial internet, SaaS - service as a service, 
digital transformation, cloud computing, digitization, global digital platform, 
network effects, transnational company, business models. 
KIRISH 
Mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam 
qo‘yildi. 
Iqtisodiyotda 
amalga 
oshirilayotgan 
keng 
ko‘lamli 
islohotlar, 
modernizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan yangi 
zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quvvatlari, yangi energiya manbalari, turli 
xil infratuzilmalar, yo‘llar, transport vositalari ishga tushirilmoqda. Milliy 
valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning 
fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat 
turlari hajmi ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va 
turmush darajasining keskin o‘sishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi ertangi kunga 
bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 4-son 

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining 
qo‘shma majlisida va boshqa qator majlislarda so‘zlagan nutqlari va qilgan 
ma’ruzalaridan, qabul qilingan yangi farmonlar va qarorlardan hamda Oliy Majlisga 
murojaatnomasidan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul 
qilingan strategik vazifalardan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, 
mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z yechimini topmagan 
murakkab muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan o‘ta dolzarb va qiyin vazifalar 
juda ko‘p ekan. 
Mamlakatimiz prezidenti ta’kidlaganidek, “oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l 
turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va 
unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, 
albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi” [1]. 
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama-
qarshiliklarning kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani 
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real 
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati susayishi ro‘y berib, jahon bozorida 
xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha 
qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi 
ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi 
oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi 
va mehnat unumdorligining sust o‘sishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi 
texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot 
tannarxi pasayish o‘rniga aksincha, oshishi holati yuz berishi kabi noxush holatlar 
sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy 
maqsad va vazifalar – islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy 
tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha 
to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar va muammolarni hal 
etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va 
xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va 
yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. “O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga 
aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat 
va innovatsiya bilan erisha olamiz” [2]. 
Hayotning o‘zi oldimizga qo‘ygan ushbu murakkab muammolarni tezroq hal 
qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va 
xususiyatlarini chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini
ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari, 
ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, 
tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning, ilm-fanni 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 4-son 

rivojlantirib, raqamli iqtisodiyotga o‘tishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq 
bilishlariga bog‘liqdir.
“Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”[1]. 
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli 
munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor 
tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunib, amalga oshirish 
muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi 
mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud 
iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni 
yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu 
turlari, darajalari, shakllari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir 
maqsadga bo‘ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol 
topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, 
ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson 
hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o‘zi ham insonsiz, uning 
faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.

Download 111.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling