Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali


Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qo‘shimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan


Download 0.69 Mb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1552757
1   2   3   4
Bog'liq
Sapartayev Ravshanbek Ax-uzb 1-kurs

Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qo‘shimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Bo’layotgan o’zgarishlardan biri bu Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi hamda tuniversitet va uning filiallarida 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi joriy etilishi O’zbekistonning oliy ta’lim tiziminig yangi boshqichga ko’tarilishidir.
Bugun yoshlarimiz uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va qulay imkoniyatlarga javoban kelajagimiz egalari orasida iqtidorli va iste’dodli yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni birdek xursand etadi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki yurtimizda biz yoshlarga berilyotgan imkoniyatdan to’g’ri foydalangan holda kuchli bilimli kadrlar bo’lib yetishishimiz zarur. Zeroki,davlatimiz kelajagi -bu biz bu bugungi yoshlar.Agarda biz hozir yoshlarimizga bilim va tarbiya bermasak hech qachon rivojlanmaymiz va oldinga siljimaymiz.Chunki rivojlangan davlatlarga e’tibor qaratsak bu davlatlar eng avvolo yoshlarga bilim bergan holda shunday darajaga erishgan.Bobolarimiz aytganday “Ilm qayda bo’lsa buyuklik bo’lar”.Bu so’z hozirgi kunda yaqqol tasdiqini topmoqda. Negaki,zamon tez rivojlanmoqda biz bugun o’qimasak ertga kech bo’ladi. Birgina misol tariqasida axborot texnologiyalari sohasini olaylik.Bu sohada bugun chiqqan yangilik ertaga eskirmoqda va bizdan buni yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab etadi.
Yoshlarning o’zi qiziqqan kasb egasi bo’lishi bilan bir qatorda sport mashg’ulotlariga jalb etish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar ham yuqori ko’rsatkichlarga ko’tarilgan. Zero, “Sog’ tanda sog’lom aql” deydi donishmand halqimiz.
Bugun biz ma’naviyatimizni asrashimiz, vatan kelajagi uchun mustahkam poyedevor bo’laoladigan munosib farzand bo’lishimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadlarimiz tomon mardonavor qadam tashlashimiz, buyuk ajdodlar izi ekanimizni anglamog’imiz, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni, ulug’ ajdodlarimiz merosini chuqur o’zlashtirishimiz bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab mustaqil fikrlashimiz va ona vatanimizdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, eng muhimi otamizdan meros istiqlolni jon-u tan bilan asrashimiz lozim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob, insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatli, qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la munosib farzandlari bor xalq hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi.


Foydalanilgan manbalar ;
www.faollar.org
www.sogʻlom.uz
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling