Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Download 35.58 Kb.
bet1/10
Sana16.11.2023
Hajmi35.58 Kb.
#1782184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mus ochiq kod Nilufar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI



TT FAKULTETI
4 – BOSQICH AX-12-20 GURUH TALABASINING
OCHIQ KODLI OPERATSION TIZIMLAR XAVFSIZLIGI
FANIDAN TAYYORLAGAN
1-MUSTAQIL ISH
Bajardi: Jo’raqulova N
Qabul qildi: Uzoqov O


QARSHI – 2023
Mavzu: Operatsion tizimlar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlari
Reja:

  1. Operatsion tizimlar haqida tushuncha

  2. Operatsion tizim xavfsizligi

  3. Operatsion tizimga bo’ladigan tahdidlar



Operatsion tizimlar haqida tushuncha
Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli - operating system) qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va foydalanuvchi (user) kompyuteri o’rtasida vositachilik (interface) qiladigan va kompyuter resurslarini boshqarish va foydalanuvchilarning o’zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun mo’ljallangan bir-biriga bog’langan dasturlar to’plamidir. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda operatsion tizim – bu qurilmalarning davomi bo’lib kompyuter va kompyuter tarmoqlari uchun qulay, ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan va qurilmaga o’rnatiladigan dasturiy vosita hisoblanadi. Operatsion tizimda ishlashdan asosiy maqsad:
 foydalanuvchi dasturlarini bajarishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Foydalanuvchi birinchi navbatda – foydalanuvchi xoxlagandagidek uni qanoatlantiridagan darajada ishlashi uchun unga so’rov natijalarini to’g’ri taqdim etishi, rad etishlar bo’lmasligi, tashqi xujumlardan himoyalangan bo’lishi kerak. Buni bajarish uchun hisoblash vositalari dasturni ishlata olishi va operatsion tizim bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
 kompyuterdan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta‟minlash. Operatsion tizim kompyuter va uning resurslaridan foydalanishda maksimal foydalilik va samarodorlikni ta’minlashi, uzilishlarni qayta ishlash, rad etilishlar va buzg’unchilar hujumidan kompyuterni himoyalashi kerak. OTning bu ishi foydalanuvchi uchun ko’rinmasligi mumkin, lekin u doimiy ravishda mavjud bo’ladi.
 kompyuterga ulangan tarmoq, disk va boshqa tashqi qurilmalardan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizimning asosiy funksiyasi – bu tashqi qurilmalar bilan ishlash. Masalan, OT qattiq diskga istalgan murojaatni qayta ishlashi, drayver (disk bilan axborotlarni almashish uchun past darajali dastur) va kontrollerlarning (disk bilan kiritish/chiqarishni bajaruvchi) birgalikda ishlashini ta’minlashi kerak. Kompyuter USB – portiga ulangan istalgan “fleshka” operatsion tizimda aniqlanishi, o’zining mantiqiy nomini olishi va u chiqarilmagunga qadar butun vaqt davomida kompyuter tizimi fayl qismi bo’lib qolishi mumkin.
 bugungi kundagi OT larni muhim bo’lgan xususiyatlari, ya’ni xavfsizlik, ishonchlilik va ma’lumotlar himoyalanganlikni ta’minlash. Tarmoq doirasida kompyuter va operatsion tizim bilan ishlashda ishtirok etuvchilar unga va uning dasturlariga buzg„unchilar tomonidan bo’ladigan xujumlarga (reklama yoki virus va boshqa ko’rinishlarda kompyuterlarga kirib, foydalanuvchi maxfiy saqlaydigan login, parollarni o’g’irlash, kompyuter ish foaliyatini buzish va shunga o’xshash boshqa xodisalar) doimiy ravishda uchraydilar. Ushbu kursda biz bugungi kundagi OTda qabul qilingan ishonchlilik, xavfsizlik va ma’lumotlarni himoyalashni ta‟minlash usullarini ham ko’rib chiqamiz.

Download 35.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling