Raqamli texnologiyalar vazirligi toshkent axborot texnologiyalar unversteti qarshi filiali


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QOIDALARI


Download 287.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana19.06.2023
Hajmi287.53 Kb.
#1626881
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
MUXTOROV UMIDJON XUSHVAQT O‘G‘LI compressed

 
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QOIDALARI 
Gipodinamiya va ularni inson salomatligiga ta’siri 
Prezidentimizning oʻtgan yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng 
tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi farmonida sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni 
shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo 
boʻlishini taʼminlash, zararli odatlardan voz kechish, toʻgʻri ovqatlanish 
tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy 
faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish masalasi ustuvor vazifa etib 
belgilangan. 


47 
4.1-rasm. Ertalabgi badan tarbiya holati 
Ayni paytda jismoniy faollikni yoʻlga qoʻyish va sogʻlom ovqatlanish 
vositasida xalqimizning salomatligini saqlash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 
Shu saʼy-harakatlarga monand bu boradagi tashkiliy, ilmiy va amaliy ishlar 
koʻlami kundan-kun kengayib bormoqda. Hozir inson sihat-salomatligiga putur 
yetkazadigan omillar asosan uchta: kamharakatlilik yoki gipodinamiya, oshiqcha 
vazn hamda stress omillar. Gipodinamiya koʻproq texnika taraqqiyoti tufayli kelib 
chiqdi. Insoniyat paydo boʻlganidan buyon yashash uchun ovqat topib yeyish
dushmanlardan qochib-qutulishi yoki ularni yengib tirik qolish hamda boshqa 
tabiiy ehtiyojlarni qondirish yoʻlida doim faol harakatda boʻlgan. Bunday turmush 
tarzi million yillar davomida insonning nasl-nasabiga genetik yoʻl bilan singib 
ketgan. Shu bois tanadagi barcha aʼzo va tizimlarni tashkil qiluvchi hujayra va 
toʻqimalar faqat yetarli darajada harakatga toʻyingandagina yaxshi oʻsadi, 
rivojlanadi, koʻpayadi, faollashadi. Odamning kamharakatlilik holatiga yuz 
tutganiga koʻpi bilan yuz yil boʻldi. Olimlarning hisob-kitoblari shuni koʻrsatadiki, 
bundan taxminan bir asr oldin inson butun faoliyati davomida bajaradigan 90–95 
foiz ishini qoʻl, oyoq, tana kuchi yordamida, qolgan 5–10 foizini esa oʻsha 
paytdagi mashina va mexanizmlar orqali ado etgan. Hozir esa buning aksi 
kuzatilmoqda. 
Ortiqcha vazn va semizlik ham taxminan gipodinamiya asrida paydo boʻlgan 
salomatlik kushandalaridan hisoblanadi. Yoshi 70–80 atrofidagi zamondoshlarimiz 
yaxshi biladiki, ilgari, ayniqsa, qishloqlarda semiz odamlar juda kam uchragan. 
Borlari ham iqtisodiy baquvvat oilalardan chiqqan mansabdorlar boʻlgan. Shu bois 
boʻlsa kerak, oʻsha paytlardagi hajviy asarlarda boylar doim semiz, yuzi doʻmboq, 
qorni osilgan holatda aks ettirilgan. Hozir shahar va qishloqlarimizda ortiqcha 
vaznli, qorin qoʻygan, baqaloq kishilar ancha serob. Boz ustiga, bunday holat 
nafaqat kattalar, balki yosh bolalar, oʻquvchilarda ham koʻp kuzatilayotir. 
Oshiqcha vaznning hosil boʻlishi, asosan, isteʼmol qilinadigan taomlar tarkibidagi 
mavjud quvvatning bajariladigan saʼy-harakatlar, tanadagi barcha aʼzo va tizimlar 


48 
faoliyati, oʻsish va ulgʻayish, jismoniy va aqliy mehnat kabilarga sarflangan 
miqdoridan ziyod boʻlishi tufayli yuzaga keladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 
koʻpchilik zamondoshlarimizning kundalik ovqatidagi umumiy mavjud energiya 
3000–3500 kkalga teng boʻlsa, sarf qilinishi 2500–3000 kkaldan oshmayapti. 
Ushbu farq oʻz-oʻzidan havoga uchib ketmaydi. Tanada toʻplanib, zarur boʻlganda 
zaxira quvvat beradigan yogʻga aylanadi va teri tagida, ichki aʼzolar atrofida 
toʻplanadi. 
Ziyoda energiya nima uchun aynan yogʻ koʻrinishida toʻplanadi? Gap shundaki, 
yogʻ oqsil, uglevodlarga nisbatan ikki marta koʻp quvvat zaxirasiga ega. Bu 
organizm uchun manfaatli. Chunki u yogʻ zaxirasi bilan oʻzini ochlik sharoitida 
ancha vaqt energiya bilan taʼminlab turishi mumkin. Ikkinchi tomondan, hozir 
oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli darajada moʻl-koʻl. Xususan, taomlarning yogʻli 
va shirin boʻlishi bu oʻrinda xarakterli boʻlib, boz ustiga, bu ovqatlar energiyaga 
ancha boy. Taomlar tayyorlanish texnologiyalari bilan bir-biridan lazzatliki
ulardan yegan sayin yegingiz kelaveradi. Ancha-muncha ortiqcha kaloriya qabul 
qilib qoʻyish va oshiqcha vaznga ega boʻlish, semirish oppa-oson. Tanadagi yogʻ 
zaxirasining meʼyoridan oshib borishi esa, birinchi navbatda, davr kasalliklari 
(qonda xolesterin koʻpayishi, yurak-qon tomirlari xastaliklari — ateroskleroz, qon 
bosimining koʻtarilishi, yurak infarkti, insult, qandli diabet kabilar)ning kelib 
chiqishida asosiy sababchi boʻlishi sir emas. 
Salomatlik kushandasi boʻlmish stress omillar ham keyingi oʻn yilliklarda 
ancha koʻpaydi. Kundalik turmushda hayotiy tashvishlarning tobora orta borishi, 
koʻp xonali, salobatli uy-joy, avtomashinaga ega boʻlish va farovonlikni tobora 
yaxshilash borasidagi boshqa saʼy-harakatlar koʻp hollarda diqqatni oshirib, 
odamlarni ortiqcha bezovta qilib qoʻymoqda. Ushbu holat er-xotin, bola-chaqa, 
qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi dastlab arzimagan kelishmovchiliklarga, keyinchalik 
katta janjallar, oilaning buzilishi, aka-ukalarning yuz koʻrmas boʻlib ketishi va 
ayrim hollarda oʻlim bilan tugashiga sabab boʻlmoqda. Bu ruhiyat bilan bogʻliq 
zararli stress omilning salbiy oqibatlaridir. Barcha stress omillarda seziladigan 
birinchi belgi qonda adrenalin gormonining koʻpayib ketishidir. Ushbu holat 


49 
ajraladigan gormon miqdoriga qarab yurak urish chastotasini tezlashtiradi. Qon 
bosimini oshiradi. Qon tomirlarini toraytirib, moddalar va energiya almashinuvini 
kuchaytiradi. Kishi bezovtalanib, tinchini yoʻqotadi. Bamaylixotir, bagʻrikenglik 
bilan chuqur oʻylab bajariladigan faoliyat oʻrniga shoshmashosharlik, yugurib-
yelish bilan beoʻylov ish qilib qoʻyish ehtimoldan uzoq boʻlmaydi. Shuning uchun 
ham dono xalqimiz “Jahl kelganda — aql ketar” deb bejiz aytmagan. Ushbu 
iboraning fiziologik mohiyati shuki, koʻpaygan adrenalin ayrim aʼzolarda 
(masalan, bosh miyada) qon aylanishini kamaytirib, boshqalarida koʻpaytiradi. 
Organizmni jismonan kuch ishlatib, xavf-xatardan saqlashga yoʻnaltiradi. Bosh 
miyaga qon yetarli miqdorda bormasligi asab hujayralari va ulardan tashkil topgan 
nerv markazlarining kislorod bilan taʼminlanishini sezilarli darajada pasaytiradi. 
Natijada xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyiladi. Notoʻgʻri qarorlar qabul qilinadi. 
Murosa oʻrniga kelishmovchiliklar, koʻngilsiz voqealar, noxushliklar yuzaga 
keladi. 
Salomatlikka putur yetkazuvchi mazkur omillar bartaraf qilinishi uchun dastavval 
barcha hujayra va toʻqimalarning kislorod bilan taʼminlanishini yaxshilash lozim. 
Buning uchun esa tanada qon aylanishi ravon boʻlishi kerak. Gipodinamiya, tanada 
yogʻ koʻpayib, semirish hamda zararli stress omillar taʼsirida qon tomirlaridan
xususan, kapillyarlarda qon oqishi keskin susayadi. Tomirlarning torayib qolishi 
natijasida kislorod yetishmasligi (gipoksiya) kuzatiladi, aʼzo va tizimlar faoliyati 
sekinlashib, kasalliklarga keng yoʻl ochiladi. 
Qon aylanishini yaxshilashning eng samarali yoʻli jismoniy faollik, 
sogʻlomlashtiruvchi, harakatli mashqlar, mehnat va ommaviy sport turlari bilan 
shugʻullanishdir. Bunday faoliyat bilan yoshu qari shugʻullanishi salomatlikni 
mustahkamlashda beqiyos oʻrin egallashi azaldan maʼlum, fanda ham toʻliq 
isbotlangan. Shu bois ham dunyoda bunday jismoniy faollikka keng katta eʼtibor 
qaratilmoqda. Jumladan, haftaning muayyan kunlari sport toʻgaraklarida 
qatnashish, velosiped va trenajyorlardan koʻproq foydalanish, hech boʻlmaganda, 


50 
har kuni oʻrta hisobda kamida 6-7 ming qadam piyoda yurish urfga kirmoqda. 
Tabiiyki, bu harakatlarning samarasi yuqori boʻlayotgani qayd etilyapti. 
Bajariladigan jismoniy harakatlar shugʻullanuvchilarning jinsi, yoshi, ob-
havo sharoiti, jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda funksional koʻrsatkichlar 
(yurak urishi soni, qon bosimi, nafas olish soni, oʻpkaning tiriklik sig’imi)ga 
mutanosib boʻlishi shart. Toki shugʻullanish kishiga ham jismoniy, ham maʼnaviy 
zavq bersin. Mashgʻulotdan keyin tanada yengillik sezilsin. Bularning oʻrniga 
lanjlik, charchoq, holsizlik, ayrim hollarda koʻngil aynishi, bosh aylanishi, 
behuzurlik kuzatilishi foyda emas, balki zarar keltiradi. Shuning uchun har kim 
haftada oʻzi uchun shugʻullanish soni, har bir mashgʻulotning davomiyligi, tezligi, 
kunning qaysi qismida amalga oshirilishini mutaxassis yordamida aniqlab olishi 
kerak. 
Bu oʻrinda esdan chiqarmaslik kerakki, har kim organizmining jismoniy 
imkoniyatlarini oʻzi yaxshi biladi. Masalan, oʻrtacha tezlikdagi oddiy yurishni 
odatga aylantirishda kishi jinsi, jismoniy holati va yoshiga qarab moʻtadil yurak 
urish sonini belgilab olishi kerak. Buning eng oson usuli shuki, 220 sonidan yoshni 
ajratish kerak. Masalan, 40 yoshli odam mashq bajarganda yurak urishi soni 220-
40=180, 50 yoshlida 220-50=170 boʻlishi maqsadgna muvofiq. Lekin bu 
formulalar orqali hisob-kitob qilish faqat qayd qilingan yoshda sogʻligʻida nuqsoni 
yoʻqlar uchun moʻljallangan. Ammo 50 yoshdan keyin koʻpincha har tomonlama 
sogʻlom odam kam topiladi. Shuning uchun ham nafaqa yoshiga yetgan va undan 
oshganlarda mashgʻulot tufayli yurak urish soni 100 dan oshib ketmasligi kerak. 
Aks holda yurak va qon aylanish tizimi faoliyatida noxush holatlar kuzatilishi 
mumkin. Jismoniy mashqlar (yurish, suzish va boshqa mashgʻulotlar) naf keltirishi 
uchun oʻrtacha tezlikda bajarilishi kerak. Sekin bajarilsa, tomirlardagi qon harakati 
hujayra va toʻqimalarning kislorodga talabini qondira olmaydi. Tez boʻlsa, yurak 
urishi moʻtadil koʻrsatkichdan oshib, faoliyatida muammolar kelib chiqishi 
mumkin. Yurish mashgʻulotlari qanday tezlikda bajarilayotganini quyidagi testga 
koʻra ham bilish mumkin: agar yurib borayotganda biror kuy yoki qoʻshiq bemalol 


51 
ijro etilsa, yurish sekin, hamrohingiz bilan nafasingiz qaytmasdan gaplashib 
ketaversangiz, oʻrtacha, gapirishga qiynalib, entikib qolsangiz, demak, tez 
yuryapsiz.Yana shu ham muhimki, jismoniy mashqlardan keyin yengil ter ajralishi 
kuzatilsa bu hol ham mashgʻulot maqsadga muvofiq bajarilganidan darak beradi. 

Download 287.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling