Raqamli texnologiyalarni sohalarga joriy etilishining bugungi holati


Download 364.55 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi364.55 Kb.
#1491833
1   2   3   4
Bog'liq
Raqamli texnologiyalarni sohalarga joriy etilishining bugungi holati (

Mazkur IT-Parkda zarur infratuzilma, jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking- markaz hamda ofis maydonlari taqdim etilgan. Texnoparkda rezidentlarga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham berilgan: ular 2028 yilning 1 yanvariga qadar barcha soliq va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek, bir martalik ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilingan.

  • Mazkur IT-Parkda zarur infratuzilma, jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking- markaz hamda ofis maydonlari taqdim etilgan. Texnoparkda rezidentlarga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham berilgan: ular 2028 yilning 1 yanvariga qadar barcha soliq va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek, bir martalik ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilingan.
  • Yil boshidan beri IT-Park rezidentlari tomonidan jami 560 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 321 mlrd. so‘m, xususan, eksport hajmi 5,1 mln. dollarni tashkil etdi.
  • Toshkent shahrida IT-Park rezidentlari sonini ko‘paytirish hamda yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv. m.ga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda IT-Park infratuzilmasi ob’ektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqildi. IT-Parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.

Qulay onlayn xizmatlar ko‘lami oshmoqda

  • Qulay onlayn xizmatlar ko‘lami oshmoqda
  • So‘nggi ikki yilda mamlakatimizda zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.
  • Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). Bugungi kunda portal orqali 176 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda.
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish, xususan, bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish hamda tezkor jo‘natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.

Download 364.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling