Raqamli valyutalar va ularning rivojlanish istiqbollari


Kollektiv yoki bulutli mayning usullari


Download 0.6 Mb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1556866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kriptovalyuta

Kollektiv yoki bulutli mayning usullari

  • RDP-mayning – Bulutli deb nomlangan texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi kriptovalyutalar topishning RDP-mayning kabi kolletivizmga asoslangan turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Uning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud:
  • Juda qimmat turadigan mayner qurilmalarini sotib olishning shart emasligi;
  • Hisoblash quvvatlarini arzonga ijaraga olish yoki ularni doimiy ishlatish uchun qo’lga kiritish;
  • Mayninglik faoliyatini kam mablag’ sarf qilgan xolda amalga oshirish;
  • Kriptovalyutalarning RDP-mayning usuli kapital qo’yilmalarni asta-sekin ko’paytirishni ko’zda tutadi. Pullarni bosqichma-bosqich ko’paytirish yoki olingan dividentlarni reinvestitsiya qilish ham mumkin.

Boshqacha mayning usullari

  • katta mablag’ sarf qilmasdan turib, kriptovalyutalar generatsiya qilish uchun eng ma’qul variant bulutli texnologiyaga asoslangan mayning hisoblanadi. Internetda ajratilgan bonus tufayli kriptovalyutalar mayningini boshlang’ich pul mablag’lari sarf qilmasdan turib boshlashga imkon beradigan bir qancha imkoniyatlar mavjud, ular jumlasiga XMine, Multi-Coin, AroMine, BiteMiner va Bit-Litelarni kiritish mumkin. Bularda ham foydalanuvchu daromadi miqdorini ko’paytirish uchun o’z shaxsiy pullariga hisoblash quvvatlari sotib olishi ham mumkin.

Bitkoin to’lov tizimi

  • Satoshi Nakamotoning 2008 yil 31 oktyabrida «Birkoin – electron to’lovlarga mos raqamli tizim» («Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System») deb nomlangan maqolasida bitkoin to’lov tizimi ommaviy e’lon qilingan. Ushbu bitkoin valyutasi ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga asoslangan va o’zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, tangalarning haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim amal qilgan xolda ishtirokchilarning har biri ushbu bitkoin tangalarini emissiya qilishi ham mumkin.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling