LITECOIN (LTC) ning BITCOIN (BTC) dan asosiy farqlari: - Litecoin hisoblash amallari uchun markaziy protsessorni Bitcoinga nisbatan samaradorroq ishlatadi, mayningning afzalliklari esa unda biroz pastroq darajada bo’ladi.
- Pul o’tkazmalarini tasdiqlash uchun to’rt marta kamroq vaqt sarfi kerak bo’lishi;
- Pul mablag’larining maksimal katta miqdoridan foydalana olish mumkinligi – ya’ni 84 million dollar;
- Har 3,5 kunda kriptografik hisoblarning murakkablik darajasi qayta hisoblanilib turiladi;
- Tarmoqda jami bo’lib 84 million LTC dan foydalanish mumkin, bu esa BTC ga nisbatan to’rt marta
ko’p deganidir;
- Yangi bloklar generatsiya qilingani uchun mukofotlanuv ham 840 000 blokdan so’ng ikki baravarga
kamaytiriladi;
- Laytkoinning loyihachilari o’zlarining asosiy maqsadlari sifatida bitkoin tizimidagi xatolar va kamchiliklarni tuzatishni qabul qilganlar.
NMC (http://namecoin.info) - Namecoin - Namecoin kriptografik jihatdan himoyalangan va .bit deb nomlangan domen zonasida ishlash uchun yaratilgan. Ushbu «valyuta» Bitcoin kontseptsiyasiga asoslangan bo’lib, u bilan bir xilda hisoblanilishi mumkin. Pullarning o’zi .bit zonasidagi domenlarni qayd qilishga asoslangan. Bitcoin kriptografik tizimchasi tufayli bunday domenlar ularning egalaridan boshqalar tomonidan o’zgartirishga qarshi himoyalangan. Ammo DNS-serverni o’z shaxsiy kompyuterida ko’rib chiqish imkoniyati har bir ishtirokchi uchun mavjud.
PPC (http://ppcoin.org) - PPcoin - POW (proof of work) & POS (proof of stake) ning gibrid dizayni xuddi shu valyutada amalga oshirilgan. Bu tizimda tranzaktsiya 520 marta tasdiqlashni so’raydi, ammo pullar hamyonda darhol paydo bo’ladi. Tizim xakerlar xujumiga anchagina chidamli hisoblanadi.
NVC (http://novacoin.org) - Novacoin - Novakoin tizimini yaratishdan asosiy maqsad PPCoin larning afzalliklarini yana bir marta qaytarish bo’lgan. Ammo bunda uning juda ham katta emissiya xajmi kabi kamchiliklaridan qutulishga harakat qilingan. NVC o’zida xeshlashtirish algoritmi sifatida Scrypt funktsiyasidan foydalanadi. Emissiyaning chegaraviy tezligi 100 martagacha kamaytirilgan, murakkablik oshishi bilan mukofotlanishning kamayish tezligi esa qiyaligi biroz kamroq bo’lgan chiziq bilan amalga oshirilgan. PPCoin loyihasiga o’xshash, murakkablik tarmoqning har bir blokida qaytadan hisoblanadi. Har bir hisob-kitobda murakkablikning oshishining maksimal kattaligi 1% ni tashqil qiladi. Tarmoqlardagi bloklarni generatsiya qilishning maqsadli tezligi soatiga 6 blokni tashqil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |