- O’zbekistonda bitkoinlarga nimanidir rasman harid qila olmaysiz, ya’ni harid uchun hech kim sizga to’lov cheki bermaydi. Bitkoinlar bilan to‘lov qilish mumkinligini e’lon qilayotgan sanoqsiz qahvaxona va savdo markazlari shunchaki mijozlarni jalb qilishni ko‘zlashi ehtimoli yuqori — ya’ni ular bitkoinni barmen karmoniga o‘tkazishingiz hisobiga sizga qahva sovg‘a qilishi mumkin. Ammo, electron pullar, masalan, bitkoinlar qora bozorlarda tez-tez ishlatiladi. U to’lovlarning tez, anonim va nisbatan xavfsiz usuli hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham ko‘pchilik insonlar bunday harid usulini va bitkoinlardan foydalanishni qonunga xilof deb o‘ylaydilar. Negaki ular joriy qonunchilikda to’liq aks ettirilmagan va xuddi shuning uchun ham ularning aylanmasi uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olishga tayyor emas. Biroq kriptovalyutalar bo‘yicha tegishli qonun loyihalari qabul qilinishi bilan vaziyat tubdan ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Shu tufayli quyidagi savol paydo bo’ladi: U holda nima uchun bitkoinlarni harid qilishadi? Birinchidan, ba’zi mamlakatlarda (masalan, Yaponiya, AQSH va Yevropaning ba’zi mamlakatlarida) bitkoinlar yordamida to‘lovlar qilish — masalan, qahva yoki ko’chmas mulkni osongina va qulay usulda harid qilish mumkin
Kriptovalyutalardagi to’lovlar - Mablag‘ingiz o‘sha zahoti eng minimal ustama-komissionlar bilan sotuvchiga yetib boradi va muhimi — bitimni amalga oshirish uchun sizga bank xodimlari yoki brokerlar kabi vositachilar talab qilinmaydi. Bu esa pul o‘tkazmasini yengillashtirib, uning anonimligini ta’minlab beradi (chunki
electron kriptovalyutaning bo‘lmaydi). Ikkinchidan,
hamyonlari uning egasi
ko‘pchilik insonlar
ismi bilan bog‘liq
ushbu usulni o‘z
jamg‘armasining diversifikatsiyasi deb tushunadi. Elektron valyutalarning qiymati ham ko‘pchilik holatlarda oshib boradi — har bir kishi valyuta kursi ko’tarilishi hisobidan mo’maygina daromad qilishga umid qiladi, albatta
Do'stlaringiz bilan baham: |