Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish xususiyatlari
Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish xususiyatlari Reja:
Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari.
Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari.
Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
Raqobat – bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng yuqori darajada yetkazish maqsadida bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashishidir.
Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat.
Iste`molchilar o`rtasidagi raqobat.
Resurs egalari o`rtasidagi raqobat.
Tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxlarda sotish va bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali eng ko`p foyda olishga qaratildi.
O`zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish orqali ko`proq omilli daromadga ega bo`lishga qaratiladi.
Daromadlarning mavjud darajasida ko`proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga, ya`ni sarflangan puli evaziga ko`proq naflilikka ega bo`lishga qaratiladi.
Raqobatning vazifalari:
Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat.
Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng ko`p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko`rinishdagi yangiliklarning joriy etishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |