Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish xususiyatlari


Download 401.37 Kb.
bet3/9
Sana27.01.2023
Hajmi401.37 Kb.
#1130453
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish xusus

Tarmoq ichidagi raqobat – mahsulot ishlab chiqarish va sotishda qulay sharoitga ega bo`lish uchun bir tarmoq korxonalar o`rtasida boradi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida turli ishlab chiqaruvchilar tovarlarning individual (alohida) narxi bozor narxiga aylanadi.

  • Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat – turli tarmoq korxonalari o`rtasida yuqoru foydaga ega bo`lish uchun boradi. Bu raqobat natijasida korxonalarda hosil bo`lgan turli foyda normalari o`rtacha foydaga aylanib boriladi.

  • Millli xo`jalik doirasidagi raqobat – natijasida o`rtacha narxlar va bozor subyektlarining yalpi milliy (ichki) mahsulotdagi ulushi aniqlanadi.

  • Jahon xo`jaligidagi raqobat – turli davlatlar milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun boradi va uning natijasida alohida tovarrlarning jahon narxlari shakllanadi.

  • Tartibsiz (stixiyali) raqobat - bozor kuchlarining ta`sirida, tabiiy ravishda ro`y beradi.

  • Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma`lum me`yorlar doirasida sodir bo`ladi.

    Narxning raqobat vositasi sifatida qo`llanish darajasiga qarab narx yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.


    Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va h.k.) ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.


    Raqobat usullari:

    Narx yordamida

    Narxsiz
    Narx vositasida raqobatlashishda ishlab chiqaruvchilar o`z tovarlarining narxini raqiblari tovarlari narxidan pasaytirish orqali iste`molchilarni og`dirib olish va bozordagi mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
    Narxsiz raqobatda raqobatlashish vositasi sifatida narxdan tashqari omillardan foydalanib tovar sotish hajmini ko`paytirib borishga harakat qilinadi.

    Narx yordamida raqobatlashish:

    Bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoq (bozor) dan siqib chiqarish uchun tovarlariga narxlarini vaqti – vaqti bilan va uzoq muddat pasaytirib turadi.





    Download 401.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling