Demping narxlarini qo`llash
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o`zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollard tan narxdan ham past bo`lgan narxlarga chiqaradi.
Narxlardan chegirma qilish
Bunda tovar narxlaridan muayyan foizda chegirma qilinadi.
Imtiyozli narxlarni qo`llash
Bunda xarid hajmini ko`paytirib borgan iste`molchilarga rag`batlantiruvchi imtiyozli (pasayib boruvchi) narxlardan foydalaniladi.
Narxsiz raqobatlashish
Tovar sifatini tabaqalashtirish – bir xildagi ehtiyojni qondiradigan va bir turga mansub bo`lgan tovarlar turlicha iste`mol xossalariga ega bo`ladi.
Tovarlarni kreditga sotish- tovarlar nisbatan ortiqcha bo`lgan sharoitda ishlab chiqaruvchi o`z tovarlarini narxini kechiktirib to`lash sharti bilan sotib, raqiblaridan ustun kelishi mumkin.
Sotish vaqtida va kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati ko`rsatish.
Reklama , tovar belgilari, firma muhirlari hamda qadoqlash usullari tovarlar jozibadorligini oshirish va sotish hajmining ko`payishini rag`batlantirishning muhim yo`llari hisoblanadi.
Marketing –uning vositasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtirishga harakat qilinadi.
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi.
Monopoliyalarning kelib chiqish sabablari:
Kapitalning to`planishi va markazlashish.
Fan – texnika taraqqiyoti.
Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo`llab – quvvatlashi.
O`zaro kelishish.
Monopoliyaning turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |