Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish xususiyatlari


Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra


Download 401.37 Kb.
bet5/9
Sana27.01.2023
Hajmi401.37 Kb.
#1130453
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish xusus

Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra: sof monopoliya, oligopoliya, monopsoniya farqlanadi.


Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan:<< O`zbekiston havo yo`llari>>DAK, <> DAK, Toshkent aviatsita ishlab chiqarish birlashmasi.

Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan: O`zbekistonda sement (asosan Bekobod,Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan) va h.k.

Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko`p bo`lib, ular tovar yoki xizmatlarning yagona iste`molchisi yoki xaridori mavjud bo`lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Masalan: <> korxonasi.

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko`ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun`iy monopoliya farqlanadi.

Tabiiy monopoliya – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlari taqozo qilib, ular raqobatni qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qiyin bo`lgan sohalarni o`z ichiga oladi.

  • Suv, energiya, gaz ta`minoti korxonalari.

  • Temir yo`l transporti.

  • Harbiy – mudofaa majmuasi korxonalari.


Legal (qonuniy ) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.

  • Patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar huquqini taqdim etish tizimi.

  • Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san`at asarlari, ko`rsatuvlar,efir to`lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

  • Tovar belgilari –bu savdo belgilari, maxsus ramzlari, nomini ro`yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo`yicha paydo bo`lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.



Download 401.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling