Raqobat va monopoliya
Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra
Download 300.59 Kb.
|
Raqobat va monopoliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oli- gopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yak- kahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliya- lar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» DAK, «Olzbekiston temir yo‘llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlaming yagona ishlab chiqaruvchisi va xizmat ko‘rsatuvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba'zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqo- bat holatining vujudga kelishiga sabab boTadi. “Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xomash- yosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladi- gan va qayta ishlaydigan korxonalami, shuningdek, tabiiy monopo- liyalaming strategik infratuzilma tarmoqlarini -temir va avtomobil yoTlari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqamvida saqlab qolish maqsadga muvofiq, deb topildi”7 Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud boTgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyat- lari mavjudligi sababii ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yu- vish vositalari, mineral ichimliklari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin. Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilar- ga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxon- daryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tuman- larida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi- lar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakka- hukmronlik holati hisoblanadi. Misol tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan paxta tolasi va ulami shart- noma asosida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarki- bida paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy fili- allariga sotishini keltirishimiz mumkin. Bunda paxta yetishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular tomonidan yetishtirilgan paxta xom-ashyosi- ni faqatgina “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi. Download 300.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling