Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati


Download 315.85 Kb.
bet10/13
Sana25.04.2023
Hajmi315.85 Kb.
#1398306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14 Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanati

birinchidan, tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalarning kamligi;
ikkinchidan, tarmoqga kiruvchi firmalar uchun kuchli to’siqlarning mavjudligi;
uchinchidan, oligopolik bozordagi firmalarning harakati bir-biriga bog’liqligi.
Oligopolik bozorning uchinchi xususiyatiga ko’ra, firmalarning iqtisodiy harakatlari bir-biriga bog’liq, ya’ni har bir firma biror iqtisodiy strategiyani tanlaganda, boshqa firmalarning ushbu strategiyaga bo’lgan munosabatini e’tiborga olish kerak bo’ladi.
3. Sof monopoliya sharoitidagi raqobat ishlab chiqaruvchilar o’rtasida bo’lmaydi, balki ular resurs xaridori bo’lganda paydo bo’ladi.
Sof monopoliya degani, ishlab chiqarish va tovarlar taklifini yagona, ya’ni hech bir raqibi yo’q kompaniya qo’lida bo’lishini bildiradi.

Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.

1.Mehnat bozoridagi muammolar va ularning oqibatlari.

Mamlakat iqtisodiyotida YAMM yoki YAMMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri mehnat resurslari hisoblanadi. Inson resurslari avvalo yollanma xodimlar mehnati va insonlarning tadbirkorlik qobiliyatlaridan iborat. Mehnat yoki inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini demografik fanlar, «Statistika», «Etnografiya», «Mehnat iqtisodi», «Ijtimoiy-madaniy kompleksni prognozlashtirish» fanlari qatori «Makroiqtisodiyot» fani ham o’rganadi.


«Mikroiqtisodiyot» inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali ularni samarali boshqarishni maqsad qilib oladi. CHunki, mehnat resurslari va ularning faol qismi bo’lgan ishchi kuchi ishlab chiqarish kuchlarining eng asosiy qismidir. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushiniladi.
Mehnat resurslarini sifat jihatdan takomillashtirish iqtisodiyotning o’sish sur’atlari bilan bevosita bog’liqdir. SHuning uchun ham mamlakatda mehnat bozorini, mehnatni boshqarish institutlarini va uning iqtisodiy-huquqiy mexanizmlarini yaratish eng asosiy vazifalardan biridir.
Demak, mehnat bozori va uning maromida faoliyat ko’rsatishi quyidagi omillarga bog’liq:

  • aholi soni, yoshi va jinsining salmog’idagi o’zgarishlarga;

  • ish bilan bandlilikdagi hudud va tarmoq o’zgarishlariga;

  • qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mexanizmiga;

  • ishlab chiqarish hajmiga, uning o’sish sur’atiga, ishlab chiqarish tarkibiga;

  • ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuviga;

  • mehnat resurslarini boshqarish usuli va boshqalarga.

Hozirgi sharoitda mehnat bozorida talab va taklif qonuni amal qiladi. CHunki, ishchi kuchi ham boshqa mehnat mahsullari qatori, tovar shakliga ega bo’lib, tovar-pul munosabatlariga faol jalb qilinadi. Uning bu xususiyati mehnat ko’rsatkichlari tizimida o’z aksini topadi. Ular orasida ish bilan bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. YA’ni, ishbilarmonlar ishchi kuchidan shunday miqdorlarda foydalanadilarki, bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish haqi bilan yoki ish haqi hajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori mahsuli qiymatiga teng bo’lishi kerak. Agarda, real ish haqi hajmi oshsa, ishbilarmon ishchi kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa, ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchlarining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va ish qidirayotganlardan iborat..
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:

Download 315.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling