Raqobatli strategiyalar


Download 6.83 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi6.83 Kb.
#1277105
Bog'liq
Raqobatli strategiyalar

Raqobatli strategiyalar

Tayyorladi: Xudoyqulova Diyora

Reja;

Raqobat tushunchasi va mohiyati

  • Raqobat bozor iqtisodiyotining g’oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun ma’lum shart-sharoit muhayyo bo’lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo’lishi mumkun, chunki undagina u zarurat bo’ladi, shuningdek unga yo’l ham ochiladi.
  • Raqobat- iqtisodiyotni harakatga keltiradigan kuch, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda uning roli beqiyosdir.
  • Raqobat so’zi lotincha “concurrere” so’zidan olinga bo’lib, to’qnashuv, qarama-qarshi, musobaqalashmoq degan ma’noni bildiradi.

Raqobat tushunchasi va mohiyati

  • Bozor raqobati tarixan 4 bosqichga bo’linadi.

1. Bu natural xo’jalikdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o’tisg bo’lib, bu davrda raqobat mayda Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida boradi
2. Bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich Tovar xo’jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda Tovar ishlab chiqarish o’rniga o’rniga yirik mashinalar tizimiga o’tishdir
3.Bu monopol raqobat bosqichi bo’lib, u yakka hokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashishidir.
4.Yangicha erkin raqobat bosqichi bo’lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir.Bu bosqichda raqobatchilar ko’pchilik yirik korporatsiyalar, o’rtacha va mayda korxonalardan iborat.

Raqobat –iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar , ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.

Raqobat tushunchasi va mohiyati

Raqobatning ijobiy taraflari

  • Raqobatning ijobiy tomonlari u resurslarni samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik faoliyatining rivojlaninshiga olib keladi. Shuningdek, raqobatda iste’molchilar talabi asosiy o’rin tutganligi sababli resurslarning iste’molchilar talabi yuqori bo’lgan ishlab chiqarisg tarmoqlariga yo’naltirish zarur.

Raqobatning salbiy taraflari

  • Raqobatning salbiy tomonlarisifatida shuni aytish mumkunki, raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki o’zi uni buzib qo’yishi mumkun. Chunki talab va taklifni o’zgarishiga qarab narxlarning to’xtovsiz o’zgarib turishi bozordagi subyektlarning mavqelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon bermaydi.

Raqobatchilar tahlili quyidagi ketma- ketlikda amalga oshiriladi


Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash
Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash
Potensial raqobatchilarni aniqlash
Raqobatchilar xarakterini oldindan ko’ra bilish
Tayanch raqobatchilarni baholash
Bozorning tuzilishi va bozor segmentlari

Tarmoq ichidagi raqobat

  • Tarmoqlararo raqobat

O’z miqyosiga ko’ra Raqobat ikki turga bo’linadi

Raqobat turlari va shakllari

  • Tarmoq Ichida, ya’ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasidagi raqobat.
  • Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha qilib aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi.
  • Tarmoqlararo turli tarmoqlar korxonalari o’rtasidagi eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladogan kurashdan iborat.

Bozor tizimida raqobatni ikki turga ajratish mumkun
Mukammal
Raqobat turlari va shakllari
Nomukammal

Raqobat turlari va shakllari

  • Mukammal raqobat shunday raqobatki, Bunda bozordagi sotuvchilar va xaridorlarning soni juda ko’p miqdorda bo’lib, ular bozordagi narxga ta’sir eta olmaydi va monopol mavqeidan foydalanib, bozordagi ishtirokchilarni o’z izmiga yurita olmaydi

Raqobat turlari va shakllari

  • Nomukammal raqobat esa bunga teskari holat bo’lib, tabiatan monopol yoki raqobat bir muncha cheklangan bo’ladi. Xususan, bunda katta ulushga ega korxonalar va firmalar raqobatlashadilar.

Raqobat subyektlariga qarab asosan uchta huruhga bo’lish mumkun. 1. Ishlab chiqaruvchilar raqobati. Bozorda ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi raqibat muhim hisoblanib, uni ham uch turga a. Tarmoq ichidagi raqobat. b.Tarmoqlararo raqobatda. C. Mintaqalararo raqobatda 2. Xaridorlar o’rtasidagi raqobat. Raqobatning boshqa turlariga nisbatan rivojlangan bozor xo’jaligida kamroq ahamiyatga ega. Har bir sotuvchi uchun xaridorlarning Tovar uchun ko’proq pul to’lashi avfzaldir. 3. Sotuvchilar o’rtasidagi raqobat Muvozanat narxlar Shakllanishi jarayonida sodir bo’ladi. Dastlabki shakllangan narx bo’yicha talab taklifdan yo’qori bo’lsa, narx oshib boradi

Raqobatli ustunlik va raqobatbardoshlik


Download 6.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling