Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Marquee uskunasi yordamida belgilash


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Marquee uskunasi yordamida belgilash 
Uskunalar panelidagi Marquee uskunasi to‘rtburchak shakli, ellips shakli va bir 
piksel kenglikdagi qator yoki ustunni belgilash imkoniyatini beradi. Marquee 
uskunasi yordamida quyidagicha belgilash mumkin: 
1. Marquee uskunasi tanlanadi: 
- To‘rtburchak Marquee uskunasi 
- to‘rtburchak shaklidagi 
belgilanishlarni bajaradi; 
Ellips Marquee uskunasi 
- ellips shaklidagi belgilanishlarni bajaradi; 
- Qator Marquee 
yoki Ustun Marquee 
uskunasi – bir piksel 
kenglikdagi qator yoki ustunni belgilaydi
2. Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi: 
yangi belgilash, 
mavjud belgilanishga qo‘shish, 
mavjud belgilanishdan 
ayirish, 
mavjud belgilanish bilan umumiysini olish; 
3. Dasturning xususiyatlar panelidan Feather elementining qiymatini 
o‘zgartirib belgilash chegarasining aniqligi belgilanadi; 
4. To‘rtburchak Marquee yoki Ellips Marquee uskunalari uchun dasturning 
xususiyatlar panelidan Style elementiga quyidagi qiymatlarni belgilash mumkin: 
Normal – erkin belgilashni amalga oshiradi; 
Fixed Ratio – belgilanishning eni va bo‘yi nisbatini belgilaydi; 
Fixed Size – belgilanishning aniq o‘lchamlarini belgilaydi; 
5. Belgilash quyidagicha bajariladi: 
To‘rtburchak Marquee va Ellips Marquee uskunalari bilan sichqon tugmasini 
bosib turgan holda belgilanish kerak bo‘lgan maydon ustidan yurgiziladi. 
Klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda To‘rtburchak Marquee va Ellips 


95
Marquee uskunalari qo‘llanilsa belgilanish kvadrat va doira ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
To‘rtburchak Marquee va Ellips Marquee uskunalari qo‘llanilish jarayonida 
klaviaturaning Alt tugmasi bosilsa belgilanish uning markazidan bajariladi; 
Qator Marquee va Ustun Marquee uskunalari bilan belgilanish kerak bo‘lgan 
maydon yaqiniga sichqon tugmasi bosib turib belgilanish kerak bo‘lgan joyga 
sichqon ko‘rsatkichi yurgiziladi. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling