Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Tez belgilash 
Dasturning Select Subject buyrug‘i yordamida tasvirning eng yorqin subyektini 
tanlash imkoniyati mavjud. Select Subject buyrug‘i tasvirda odamlar, xayvonlar, 


98
avtomobillar, o‘yinchoqlar va boshqa elementlarni tanlay oladi. Photoshop dasturida 
Select Subject buyrug‘i quyidagilarcha chaqirilishi mumkin: 
- tasvirni tahrirlash davomida dasturning Select menyusidan Subject buyruq 
qatorini tanlash; 
- uskunalar panelining Quick Selection yoki Magic Wand uskunalaridan 
foydalanish davomida dasturning xususiyatlar panelidan Select Subject elementini 
tanlash. 
Select Subject funksiyasi tasvirning yorqin subyektini avtomatik ravishda 
tanlaydi. So‘ng boshqa tanlash uskunalari yordamida tanlanishni tahrirlab olish 
mumkin. 
Masalan, quyidagi tasvirda Select Subject funksiyasi yordamida tasvirdagi fil 
avtomatik ravishda belgilab olingan: 
Quick Selection 
tez tanlash uskunasi yordamida mo‘yqalam uchi 
yurdamida tanlanishlarni chizib olish mumkin. Uskunadan quyidagicha 
foydalaniladi: 
1. Uskunalar panelidan Quick Selection 
uskunasi tanlanadi; 
2. Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagilarni tanlash mumkin: 
yangi 
belgilash
mavjud belgilanishga qo‘shish, 
mavjud belgilanishdan ayirish; 
3. Tanlash mo‘yqalami o‘lchamini o‘zgartirish uchun dasturning xususiyatlar 
panelidan mo‘yqalam o‘lchami 
belgilanadi; 
4. Dasturning xususiyalar panelidan tanlashning quyidagi xususiyatlari 
belgilanadi: 


99
Sample All Layers – tanlanishni barcha qavatlarga asoslanib bajarish; 
- Auto-Enhance – tanlanish aniqligi oshiriladi, tanlanish tasvirning 
chegarasigacha bajariladi, tanlanish chegaralari silliqroq bo‘ladi; 
5. Belgilanishi kerak bo‘lgan tasvirning ichiga bosiladi: 
Magic Wand 
uskunasi o‘xshash rang maydonini tanlash imkoniyatini 
beradi. O‘xshash rang tanlashda tanlangan rangga yaqin bo‘lgan ranglar oralig‘i 
belgilanadi. Magic Wand uskunasi quyidagicha qo‘llaniladi: 
1. Uskunalar panelidan Magic Wand 
uskunasi tanlanadi; 
2. Dasturning xususiyatlar panelidan belgilash imkoniyatlari tanlanadi: 
yangi belgilash, 
mavjud belgilanishga qo‘shish, 
mavjud belgilanishdan 
ayirish, 
mavjud belgilanish bilan umumiysini olish; 
3. Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi imkoniyatlarni belgilash 
mumkin: 
- Tolerance – belgilanadigan piksellarning ranglar oralig‘ini belgilaydi. Past 
qiymati tanlangan pikselning rangiga yaqin ranglarni belgilaydi, yuqori qiymat 
ranglarning kengroq oralig‘ini tanlaydi; 
Anti-aliased – chegaralari silliqroq belgilashlarni yaratadi; 
Contiguous – faqatgina chegaradosh maydonlarni belgilaydi; 
Sample All Layers – barcha aks ettirilgan qavat ma’lumotlaridan foydalanib 
rang tanlaydi; 
4. Tasvirda belgilanish kerak bo‘lgan rang tanlanadi. 


100

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling