Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

 Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 


115
1. Obyekt yuzalari deganda nima tushiniladi? 
2. Obyekt yuzalari qanday aniqlanadi? 
3. Obyekt yuzasi qanday o‘zgartiriladi? 
4. Tasvirning yorug‘lik va kontrast ko‘rsatkichlari qanday o‘zgartiriladi? 
5. Darajalar panelida tasvirning qanday xususiyatlari o‘zgartiriladi? 
6. Tasvirning darajalarini qanday o‘zgartirish mumkin? 
7. Tasvirning ranglari qanday akslantiriladi? 
8. Kulrang yoki rangli tasvirlar oq-qora rangga qanday o‘zgartiriladi? 
9. Ranglar balansi sozlamalari qanday qo‘llaniladi? 
10. Tasvirning ranglar balansini Photo Filter sozlamasi yordamida qanday 
o‘zgartirib olinadi? 
11. Ton o‘zgartirishning tez usullari tog‘risida ma’lumot bering. 
TASVIRNI O‘ZGARTIRISH 
Obyektlarni o‘zgartirish 
O‘zgartirish deganda tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish, uni aylantirish, 
qiyshaytirish, 
cho‘zish 
yoki 
deformatsiyalash 
tushiniladi. 
O‘zgartirishni 
belgilanishga, bitta qavatga, bir nechta qavatga yoki qavat maskasiga qo‘llash 
mumkin. Bundan tashqari o‘zgartirishni yo‘lga, vektorli shaklga, vektorli maskaga 
yoki belgilash chegarasiga qo‘llash mumkin. O‘zgartirish piksellarga qo‘llanilganda 
tasvirning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘zgartirish qilishdan oldin o‘zgartiriladigan element belgilanadi so‘ng 
o‘zgartirish komandasi tanlanadi. O‘zgartirishni qo‘llashdan oldin bir nechta 
o‘zgartirishlarni amalga oshirib olish mumkin. Masalan, elementning birinchi 
o‘lchamini o‘zgartish, keyin uni qiyshaytirish mumkin. Klaviaturaning Enter 
tugmasini bosib bajarilgan ikkita o‘zgartirish qo‘llaniladi. 
O‘zgartirish komandalari dasturning Edit menyusi Transform bo‘limida 
joylashgan va quyidagilardan iborat: 


116
- Scale – elementning o‘lchamini o‘zgartirish. Elementning o‘lchamini 
gorizontal, vertikal yoki bir vaqtda ham gorizontal ham vertikal o‘zgartirish 
mumkin; 
Rotate – elementni belgilangan nuqta atrofida aylantirish
Skew – elementni vertikal yoki gorizontal og‘dirish; 
Distort – elementni barcha yo‘nalish bo‘yicha cho‘zish; 
Perspective – element perspektivasini o‘zgartirish; 
Warp – element shaklini deformatsiyalash; 
Rotate 180, Rotate 90 CW, Rotate 90 CCW – elementni belgilangan darajada 
soat yo‘nalishi yoki soatning qarshi yo‘nalishiga bo‘yicha aynaltiradi; 
Flip – elementni vertikal yoki gorizontal akslantirish. 
O‘zgartirish uchun element quyidagicha tanlanadi: 
- butun qavatni o‘zgartirish uchun qavatni faollashtirish va boshqa xech narsa 
belgilanmaganligiga ishonch hosil qilish; 
- qavatning bir qismini o‘zgartirish uchun qavatni qavatlar panelidan tanlab 
qavatdagi tasvirning kerakli qismini belgilash; 
- bir nechta qavatlarni o‘zgartirish uchun qavatlar panelida qavatlarni bog‘lash 
yorliqlarini belgilab chiqish yoki klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan 
holda kerakli qavatlarni tanlash; 
- qavat yoki vektor maskasini o‘zgartirish uchun maska bog‘lanishi o‘chiriladi 
va qavatlar panelidan maska yorlig‘i tanlanadi; 
- yo‘l yoki vektorli shaklni o‘zgartirish uchun uskunalar panelidagi yo‘lni 
tanlash uskunasi 
bilan butun yo‘lni tanlash yoki to‘gridan to‘g‘ri uskunasi 
bilan yo‘lning bir qismini tanlash; 
- belgilash chegarasini o‘zgartirish uchun belgilanish hosil qilinadi va 
dasturning Select menyusidan Transform Selection buyruq qatori tanlanadi. 
Barcha o‘zgartirishlar nisbiy nuqta deb nomlanuvchi belgilangan nuqta atrofida 
amalga oshiriladi. Odatda nisbiy nuqta o‘zgartiriladigan elementning markazida 
joylashadi: 


117
Dasturning xususiyatlar panelida joylashgan nisbiy nuqta boshqaruvchisi 
yordamida nisbiy nuqtaning joylashishini o‘zgartirib olish mumkin. Buning uchun 
quyidagilarni bajarish kerak: 
1. O‘zgartirilishi kerak bo‘lgan element tanlanadi; 
2. Dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan kerakli o‘zgartirish buyrug‘I 
tanlanadi; 
3. Quyidagilardan birini bajarish kerak: 
- Dasturning xususiyatlar panelidan nisbiy nuqta boshqaruvchisini 
faollashtirib boshqaruvchining kerakli joyini belgilab nisbiy niqtani elementning 
ushbu joyiga ko‘chirib olish mumkin. Masalan, boshqaruvchini quyidagicha 
belgilansa elementning nisbiy nuqtasi quyidagi ko‘rinishga o‘zgaradi: 
- Elementning nisbiy nuqtasini 
sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab ixtiyoriy 
joyga siljitish mumkin. 
O‘zgartirishlarni qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. O‘zgartiriladigan element tanlanadi; 
2. Dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan ScaleRotateSkewDistort
Perspective yoki Warp buyruq qatorlaridan biri tanlanadi. Natijada element atrofida 
boshqarish to‘rtburchaklari aks ettiriladi: 


118
3. Zarurat bo‘lsa dasturning xususiyatlar panelidan nisbiy nuqta boshqaruvchisi 
yordamida nisbiy nuqta joylashishi o‘zgartirib olinadi; 
4. Quyidagilardan biri bajariladi: 

Scale buyruq 
qatori 
tanlangan 
bo‘lsa 
elementning boshqarish 
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element o‘lchami o‘zgartiriladi. 
Klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda bajarilsa elementning o‘lcham 
nisbiyligi saqlanadi: 
- Rotate buyruq qatori tanlangan bo‘lsa sichqon ko‘rsatkichini element 
boshqarish to‘rtburchaklari tashqarisiga joylanadi va aylantiriladi. Bunda sichqon 
ko‘rsatkichi egri, ikki taraflama ko‘rsatkich ko‘rinishiga o‘zgaradi. Klaviaturaning 
Shift tugmasi bosib turgan holda bajarsa element bir vaqtda 15

burchakka aylanadi: 
- Skew buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning yon boshqarish 
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element yonboshga og‘diriladi: 


119
- Distort buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning burchak boshqarish 
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element deformatsiyalanadi: 
Perspective buyruq qatori tanlangan bo‘lsa elementning burchak boshqarish 
to‘rtburchaklarini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab element perspektivasi 
o‘zgartiriladi: 
- Warp buyruq qatori tanlangan bo‘lsa dasturning xususiyatlar panelidan 
deformatsiya stilini tanlash yoki deformatsion chiziqlar yoki maydonlarni ixtiyoriy 
siljitish kerak bo‘ladi: 


120
5. Zarurat bo‘lsa bir-nechta o‘zgartirishlarni ketma-ket bajarib keyin elementga 
qo‘llash mumkin bo‘ladi; 
6. Barcha o‘zgarishlar bajarib bo‘linganidan so‘ng ularni qo‘llash uchun 
klaviaturaning Enter tugmasini yoki dasturning xususiyatlar panelidan 
tugmasini 
bosish kerak. O‘zgarishlarni bekor qilish uchun klaviaturaning Esc tugmasini yoki 
dasturning xususiyatlar panelidan 
tugmasini bosish kerak. 
Belgilangan elementni aniq darajaga aylantirish yoki akslantirish imkoniyati 
mavjud. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. O‘zgartiriladigan element tanlanadi; 
2. Dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan quyidagi buyruqlarni tanlash 
mumkin: 
- Rotate buyrug‘ini tanlab dasturning xususiyatlar panelidan oylanish 
burchagini belgilash kerak; 
Rotate 180

buyrug‘i elementni 180
⸰ 
ga aylantiradi
Rotate 90
⸰ 
CW buyrug‘i elementni soat bo‘ylab 90
⸰ 
ga aylantiradi; 
Rotate 90
⸰ 
CCW buyrug‘i elementni soatga qarshi 90
⸰ 
ga aylantiradi; 
Flip Horizontal elementni vertikal o‘q boylan akslantiradi; 
Flip Vertical elementni gorizontal o‘q bo‘ylab akslantiradi. 
Bajarilgan o‘zgartirishni qayta bajarish uchun dasturning Edit menyusi 
Transform bo‘limidan Again buyruq qatorini, Edit menyusi Transform Path 
bo‘limidan Again buyruq qatorini yoki Edit menyusi Transform Points bo‘limidan 
Again buyruq qatorini tanlash mumkin. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling