Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Vanishing Point uskunasi 
Photoshop dasturining Vanishing Point uskunasi tasvirni uning perspektivasiga 
mos ravishda tahrirlash imkoniyatini beradi. Vanishing Point uskunasi yordamida 
tasvirning yuzalari aniqlab olinadi va shundan keyin unga tahrirlash amallari 
qo‘llaniladi. Barcha o‘zgarishlar belgilangan yuza perspektivasini inobatga olgan 
holda amalga oshiriladi. 
Vanishing Point dialog oynasi dasturning Filter menyusi Vanishing Point 
buyruq qatori yordamida ochiladi. Ushbu dialog oynasida perspektiva yuzalarini 
belgilash uskunalari, tasvirni tahrirlash uskunalari, o‘lchash uskunalari va tasvirni 
ko‘rib olish uskunalari joylashgan: 
A - dialog oyna menyusi, B - dialog oyna xususiyatlar paneli, C - uskunalar 
paneli, D - ko‘rib olish oynasi, E - masshtab xususiyatlari 
Vanishing Point uskunalar panelida quyidagi uskunalar joylashgan: 
- Yuzani tahrirlash uskunasi 
perspektiva yuzasini belgilaydi, tahrirlaydi, 
siljitadi va o‘lchamini o‘zgartiradi; 
- Yuza yaratish uskunasi 
perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalarini 
belgilaydi, yuzaning o‘lchami va shaklini sozlaydi; 







128
- Belgilash uskunasi 
to‘rtburchak belgilanishlar qiladi, belgilanishlarni 
siljitadi yoki klonlaydi; 
- Shtamp uskunasi 
tasvirdan namuna olib chizadi; 
- Mo‘yqalam uskunasi 
yuzaga belgilangan rangda chizadi; 
- O‘zgartirish uskunasi 
belgilanishning masshtabini o‘zgartiradi, 
aylantiradi va siljitadi
- Pipetka uskunasi 
ko‘rib olish oynasidagi tasvirdan rang tanlab oladi; 
- O‘lchash uskunasi 
yuzadagi element burchak va masofalarni o‘lchaydi; 
- Masshtab uskunasi 
ko‘rib olish oynasidagi tasvir masshtabini o‘zgartiradi; 
- Siljitish uskunasi 
ko‘rib olish oynasida tasvirni siljitadi. 
Vanishing Point uskunasi bilan ishlashdan oldin tasvir tayyorlab olinadi. 
Buning uchun quyidagilardan biri bajariladi: 
- Vanishing Point uskunasi bilan ishlash natijasini alohida qavatga joylash 
uchun yangi qavat yaratib olinadi. 
- Tasvir kontentini uning chegaralaridan tashqarisiga klonlash rejalashtirilgan 
bo‘lsa xolstning o‘lchamini kattalashtirib olinadi. 
Vanishing Point dialog oynasida bufer xotiradidan ma’lumot qo‘yilishi kerak 
bo‘lsa Vanishing Point uskunasi ishga tushirilishidan oldin ma’lumot bufer 
xotirasiga joylab olinadi. 
Vanishing Point uskunasini qo‘llash natijasini tasvirning ma’lum maydoniga 
qo‘llash uchun uskuna ishga tushirilishidan oldin tasvirning ushbu maydoni 
belgilash uskunalari yordamida tanlab olinadi. 
Vanishing Point uskunasi bilan quyidagicha ishlanadi 
1. Dasturning Filter menyusidan Vanishing Point buyruq qatori tanlanadi; 
2. Yuza yaratish uskunasi 
yordamida perspektiva yuzasi hosil qilib olinadi: 


129
3. Tasvirni tahrirlash uchun quyidagilarni bajarish mumkin: 
- Belgilash. Belgilash hosil qilib olinganidan so‘ng uni klonlash, siljitish
aylantirish, masshtabini o‘zgartirish, bo‘yash yoki shaklini o‘zgartirish mumkin; 
- Bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish. Qo‘yilgan ma’lumot perspektiva yuzasi 
ichiga siljitilsa ushbu perspektivaga mos ravishda o‘zgaradi: 
- Rang yoki namuna piksellar yordamida chizish; 
- Perspektiva yuzasidagi elementlarni o‘lchash. 
4. Dialog oynasining Ok tugmasi bosiladi. 
Vanishing Point dialog oynasida tahrirlash ishlarini boshlashdan oldin 
tasvirning perspektivasiga mos ravishda perspektiva yuzasi belgilab olinadi. 
Perspektiva yuzasining aniqligi tahrirlash natijasi tasvir perspektivasiga moshligini 
belgilaydi. Perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalari qo‘yilganidan so‘ng 
perspektiva yuzasi faollashadi, uning chegarasi va to‘ri aks ettiriladi. Perspektiva 
yuzasini o‘lchimini o‘zgartirish, siljitish yoki shaklini o‘zgartirish mumkin. Bundan 
tashqari perspektiva yuzasining to‘r zichligini ham sozlab olish ham mumkin. 
Perspektiva 
yuzasini 
tahrirlash 
uskunasi 
yordamida 
quyidagi 
o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin: 


130
- perspektiva yuzasining shaklini o‘zgartirish uchun burchak nuqtalarini 
siljitish kerak; 
- to‘r zichligini o‘zgartirish uchun Vanishing Point dialog oynasining 
xususiyatlar panelidan Grid Size elementiga qiymat kiritish kerak; 
- perspektiva yuzasini siljitish uchun yuzani sichqon tugmasi bilan ushlab 
siljitish kerak; 
- perspektiva yuzasining o‘lchamini o‘zgartirish uchun yuza yon nuqtalarini 
siljitish kerak. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling