Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Ranglar balansi sozlamalarini qo‘llash


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Ranglar balansi sozlamalarini qo‘llash 
Color Balance buyrug‘i tasvirning umumiy ranglar aralashmasini o‘zgartirish 
imkoniyatini beradi. Ranglar balansi sozlamalarini qo‘llash uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Channels panelida barcha rang kanallari tanlanganligiga ishonch hosil 
qilinadi; 
2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan ranglar balansi 
yorlig‘ini 
bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Color 
Balance buyruq qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida OK tugmasini 
bosish kerak; 


114
3. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelida Tone elementiga ranglar balansi 
sozlanishi kerak bo‘lgan tasvirning ranglar to‘plami, jumladan, soya, yorug‘lik yoki 
o‘rta ranglari belgilanadi; 
4. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidagi ranglar slayderlarining 
qiymatlarini o‘zgartirish orqali tasvirning ranglar balansi o‘zgartiriladi. Slayder 
ko‘rsatkichini tasvirda ko‘paytirilishi kerak bo‘lgan rang tomon siljitish kerak 
bo‘ladi: 
Tasvirning ranglar balansini dasturning Photo Filter sozlamasi yordamida ham 
o‘zgartirib olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan Photo Filter 
yorlig‘ini 
bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Photo 
Filter buyruq qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida OK tugmasini bosish 
kerak; 
2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan filtr rangini filtr andozalari 
Filter elementi yordamida yoki ma’lum rang tanlash Color elementi yordamida 
belgilab olish kerak. Filtr qo‘llanilganidan so‘ng tasvirning yorug‘lik darajasi 
pasayishini oldini olish uchun Preserve Luminosity elementini belgilash kerak 
bo‘ladi: 
3. Tasvirga qo‘llaniladigan ranglar miqdorini boshqarish uchun Density 
slayderidan foydalanish mumkin. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling