Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Tasvir, shakl va yo‘llarni egish


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Tasvir, shakl va yo‘llarni egish 
Warp buyrug‘i tasvir, shakl yoki yo‘llarning boshqarish elementlarini siljitib 
ularning shaklini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari dasturning 
xususiyatlar panelidan egish stilini tanlab shaklni o‘zgartirish ham mumkin. 
Tasvir, shakl yoki yo‘lni egish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Egish kerak bo‘lgan element tanlanadi; 
2. Dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan Warp buyruq qatorini 
tanlanadi; 
3. Quyidagilarning birini bajarish kerak: 
- belgilangan shakl bo‘yicha egish uchun dasturning xususiyatlar panelidan 
Warp elementi uchun ochiladigan menyudan kerakli egish andozasini tanlab olinadi: 
- elementni egish uchun boshqarish elementlarini sichqon ko‘rsatkichi bilan 
joyini ixtiyoriy o‘zgartirib olinadi: 


125
4. Bajarilgan o‘zgarishlarni qo‘llash uchun klaviaturaning Enter tugmasini yoki 
dasturning xususiyatlar panelidan 
tugmasini bosish, o‘zgarishlarni bekor qilish 
uchun klaviaturaning Esc tugmasini yoki dasturning xususiyatlar panelidan 
tugmasini bosish kerak. 
Puppet Warp buyrug‘i ko‘rgazmali to‘r taqdim etib u yordamida tasvirning 
qolgan joylariga ta’sir qilmagan holda belgilangan maydonini o‘zgartirish 
imkoniyatini beradi. Puppet Warp buyrug‘ini tasvirdan tashqari qavat maskasi va 
vektorli maskalarga ham qo‘llash mumkin. 
Puppet Warp buyrug‘i quyidagicha qo‘llaniladi: 
1. Qavatlar panelidan o‘zgartiriladigan qavat yoki maska tanlab olinadi: 
2. Dasturning Edit menyusidan Puppet Warp buyruq qatori tanlanadi.
3. Dasturning xususiyatlar panelidan ko‘rgazmali to‘rning quyidagi 
xususiyatlarini belgilab olish mumkin: 
Mode ko‘rgazmali to‘rning umumiy elastikligini belgilaydi; 
Density ko‘rgazmati to‘r kataklarining o‘lchamini belgilaydi; 
Expansion ko‘rgazmali to‘rning tashqi chegarasini belgilaydi; 
Show Mesh ko‘rgazmali to‘rni aks ettiradi yoki yashiradi. 
Natijada tanlangan element ustida ko‘rgazmali to‘r aks ettiriladi: 


126
4. Tasvirda o‘zgartiriladigan va o‘zgartirilmaydigan maydonlarga maxsus 
belgilar sichqon ko‘rsatkichi bilan qo‘yib chiqiladi: 
5. Sichqon tugmasi bilan maxsus belgini ushlab siljitiladi: 
6. O‘zgartirish kiritib bo‘linganidan so‘ng klaviaturaning Enter tugmasi 
bosiladi: 


127

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling