Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Belgilanishni boshqarish 
Photoshop dasturida belgilanishlarni siljitish, belgilanish chegarasini yashirish 
va belgilanishni akslantirish mumkin. 
Mavjud belgilanishni siljitish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Dasturning xususiyatlar panelidan yangi belgilash 
tugmasini bosib 
sichqon ko‘rsatkichini belgilanish ichiga qo‘yiladi. Sichqon ko‘rsatkichi 
ko‘rinishga o‘zgaradi. 
2. Sichqon tugmasini bosib turgan holda belgilanishni yangi joyga siljitish 
mumkin. 
Belgilanish chegarasini aks ettirilishini quyidagilardan biri orqali boshqarish 
mumkin: 
- dasturning View menyusidan Extras buyruq qatorini tanlash kerak. Ushbu 
buyruq belgilanish chegaralari, yo‘naltirish kataklari, yo‘naltirgichlar, yo‘llar, 
bo‘laklar, izohlar va qavat chegaralarining aks ettirilishini boshqaradi; 
- dasturning View menyusi Show bo‘limidan Selection Edges buyruq qatorini 
tanlash kerak. 
Mavjud belgilanishni akslantirish uchun dasturning Select menyusidan Inverse 
buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada tasvirning joriy belgilangan maydonidan 
tashqari qolgan barcha joyi belgilanadi: 
Joriy belgilanishni ma’lum bir pikselga kengaytirish yoki qisqartirish mumkin. 
Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish: 


101
2. Dasturning Select menyusi Modify bo‘limidan Expand yoki Contract buyruq 
qatorlari tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 
3. Dialog oynasida kengaytirish yoki qisqartirish qiymati kiritiladi va OK 
tugmasi bosiladi. Belgilanish tanlangan buyruqqa ko‘ra o‘zgaradi: 
Photoshop dasturida belgilanish atrofida belgilanish hosil qilish imkoniyati 
mavjud. Bunday belgilanishlar tasvirdagi obyektni emas, balki uning atrofidagi 
ma’lum o‘lchamdagi lenta ko‘rinishdagi maydonni belgilashda qo‘llaniladi. Lenta 
ko‘rinishda belgilanishni hosil qilish uchun quyidagilar bajariladi: 
1. Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish: 
2. Dasturning Select menyusi Modify bo‘limidan Border buyruq qatorini 
tanlash kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 


102
3. Dialog oynasida belgilanish lentasi kengligi qiymati kiritiladi va OK tugmasi 
bosiladi. Natijada belgilanish lentasi hosil bo‘ladi: 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling