Rashid zohid


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.83 Mb.
bet38/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. “Matn” so‘zining ma’no takomilini izohlang.
2. Rus matnshunos olimi matnga qanday ta’rif bergan?
3. Rolan Bartning “asar” va “matn”ni qanday farqlagan?
4. Matnning eng kichik birligiga misol keltiring.

Mavzu: Ishonchli matnni tiklash qoidalari (“Sabotul ojizin”ning ilmiy-tanqidiy matni misolida)
Reja:
1. Ishonchli matnni tiklash tamoyillari
2. Ishonchli matnni tiklashning silsilaviy halqalari
3. Qiyos natijalarining xilma-xilligi


Tayanch ibora va tushunchalar: matn tarixi, “Sabotul ojizin”, tom butunlik, matnlararo butunlik, “Hidoyatut tolibin”, asos nusxa, yordamchi nusxa, “Irshodul o’izin”, nafisa, qoyyima.
Ishonchli matnni tiklash tamoyillari. Muayyan matnning paydo bo‘lishidan to oxirigi holatigacha davom etgan o‘zgarishlar silsilasi matn tarixini tashkil qiladi. Aksar matnlar ma’lum vaqt mobaynida sub’ektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va ob’ektiv (ijtimoiy) omillar ta’sirida o‘zgarishga uchraydi. Matnshunosning vazifasi mana shu o‘zgarishlarni aniqlash, ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash va shu yo‘l bilan asl matnni tiklashdir. O‘zbek matnshunosligi tarixida ko‘p nusxali matn tarixini tiklashning umumiy nazariy tamoyillari ishlanmagan, balki bu masalada muayyan manbagagina xos tajribalar, yondashuvlar kuzatiladi. SHu tajriba va yondashuvlarni tanqidiy o‘rganib, misol sifatida So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin”ning ishonchli matnini tiklash jarayonida foydalanilgan tamoyillarni keltiramiz:
xillash (ko‘p nusxali matnning turlarga ajratish: qo‘lyozma, toshbosma, bosma);
tasniflash (xillangan matn turini sanalar bo‘yicha ajratish: asr, yil, oy);
qiyoslash (qo‘lyozmalarning xati va matn to‘liqligi solishtiriladi: badxat, xushxat; matnning boshi va oxiri bo‘lgani holda, ayrim baytlarning tushib qolishi,boshlanishi yo‘q qo‘lyozmalar, oxiri yo‘q qo‘lyozmalar, boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q qo‘lyozmalar);
saralash (qiyos natijasida saralangan nusxalarning “matn butunligi” aniqlanadi. YA’ni, qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qo‘lyozma matnida jamlanishi – “tom butunlik”ni, bittadan ortiq qo‘lyozma matnlari asosida jamlanishi – “matnlar aro butunlik”ni anglatadi).
“Sabotul ojizin”ning O‘zRFA SHI va jahon fondlarida, Shuningdek, shaxsiy kutubxonalarda mavjud 200 ga yaqin qo‘lyozma va toshbosma nusxalari bo‘lib, ularda matn tarixi bilan bog‘liq anchagina ma’lumotlar saqlangan. Bu ma’lumotlarni ilmiy tizimga solish uchun matn tarixini o‘rganish ishini to‘rt bosqichda kechadigan qiyoslash va saralash tamoyillarini tatbiq etish mumkin. Avvalgi bosqichdagi tadqiq jarayonida “Sabotul ojizin” nusxalari paleografik tekshiruv natijalari (qog‘oz va xat turi, qo‘lyozmaning saqlanish holati) asosida sanalar bo‘yicha uch qismga ajratildi:

  1. XVIII asr;

  2. XIX asr;

  3. XX asr.

Ikkinchi bosqichda har uchala guruh qo‘lyozmalarining xati o‘zaro solishtirildi. Barcha qo‘lyozmalar nasta’liq xatida bitilgan bo‘lib, XVIII asrga oid nusxalarida dag‘allik (ba’zan nasxga moyillik), XIX asr oid nusxalarda nafislik, XX asrga oid nusxalarda husnixat va badxatlik qorishiq kelgani kuzatildi.
Uchinchi bosqichda sanalar bo‘yicha ajratilgan har bir qo‘lyozma matnining to‘liqligiga ko‘ra o‘zaro qiyoslandi. Natijalarni shunday umumlashtirish mumkin:

  • matnning boshi va oxiri bo‘lgani holda, ayrim baytlar tushib qolgan;

  • boshlanishi yo‘q qo‘lyozmalar;

  • oxiri yo‘q qo‘lyozmalar;

  • boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q qo‘lyozmalar.

To‘rtinchi bosqichda o‘zaro qiyos natijasida saralangan nusxalarning “matn butunligi” aniqlandi. Qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qo‘lyozma matnida jamlanishi – “tom butunlik”ni, bittadan ortiq qo‘lyozma matnlari asosida jamlanishi – “matnlar aro butunlik”ni anglatadi. Afsuski, “Sabotul ojizin” qo‘lyozmalari ichida “tom butunlik”ka da’vogar nusxa uchramadi. Eng qadimiy hisoblangan A1057 qo‘lyozmaning ham boshi yo‘q, o‘rtalarida butun bo‘limlar tushib qolgan. Nisbatan to‘liq nusxa S2 qo‘lyozmasi va “Hidoyatut tolibin” sharhidagi matn variantidir. Bu uchta manba “Sabotul ojizin” ilmiy-tanqidiy matni uchun asos nusxalar sifatida tanlandi. “Tom butunlik” tamoyilining birlamchi alomati qo‘lyozmaning qadimiyligi bilan xarakterlanadi. Asos nusxalarning ikkitasi “Sabotul ojizin” qo‘lyozmalarining hozirgi kunda eng qadimiy hisoblangan nusxalaridir. To‘g‘ri, Rossiya fanlar akademiyasining SHarq qo‘lyozmalari instituti (Sankt-Peterburg) fondi katologida A1057 dan tashqari yana sakkizta qo‘lyozmaning XVIII asrga oidligi ko‘rsatilgan. Mazkur nusxalarni birma-bir o‘rganib, avvalo, hech bir nusxada matnning ko‘chirilgan yili qayd etilmagani, qolaversa, paleografik kuzatuvlarga ko‘ra matnning ko‘proq XIX asrga taalluqli ekani ma’lum bo‘ladi. Zero, tanlagan asos nusxalarning deyarli hammasida qo‘lyozmaning ko‘chirilgan yili aniq ko‘rsatilgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling