Rashid zohid


Qiyos natijalarining xilma-xilligi


Download 0.83 Mb.
bet40/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Qiyos natijalarining xilma-xilligi. Qo‘lyozmalarni qiyoslash jarayonida kutilmagan natijalar ham kuzatiladi. Masalan, “Sabotul ojizin”ning ilmiy-tanqidiy matni uchun tanlangan nusxalarda boshqa nusxa matnlarida uchramagan yangi baytlar aniqlandi: A1057, A1074, S2 raqamli qo‘lyozmalarning “Kavsar hovuzining bayoni” bo‘limida:
Aning ulug‘ligi bir oyliq yo‘l,
Muni albatta qil zehnga ma’qul.
Asaldin balki suchuk tam’i aning,
Icharsan gar erur Haq mehriboning.
S2 nusxada “Musannifning vasiyatlari” bo‘limida (A1057 da ikkinchi bayt hoshiyada keltirilgan):
Ko‘zumning suvratin vayron etinglar,
Qaro tufroq ila yakson etinglar...
Na kim kirganu chiqg‘on tepsun o‘tsun,
Mazallat gardi xokin sepsun o‘tsun.
“Hidoyatut tolibin” variantidagi “Munojot” nomli 34-bo‘limda va “Eshon So‘fi yoronlarig‘a vido qilg‘onlari” bo‘limida:
Erur jovid lutfung bahridur jo‘sh,
Erur biz chun xatogar, San xatopo‘sh.
Agarchi barcha ishim bo‘ldi ma’yub,
Mani aybimni lutfing yopmog‘i xub...
Pushaymonman parishon o‘tkan ishdin,
Bahoru tiyramohu yozu qishdin.
Shuningdek, uchta halqa nusxalariga kirmagan Gunbadi qobus–Hoji Tilloyi nusxasi81ning “Xotimatul kitob” bo‘limida:
Qaro qon yig‘ladim, tuttim qalamni,
Tunu kun eshitib mandin alamni.
Barcha nusxalarda “Sabotul ojizin”ning oxiri ushbu bayt bilan nihoyalangan:
Hijobi mag‘firat yopgay xatog‘a,
Sazovor aylag‘ay turluk atog‘a.
Gunbadi qobus–Hoji Tilloyi nusxasida mazkur misralardan so‘ng shunday bayt qo‘shimcha qilingan:
Xatosini tuzatsun barcha yoron,
Xatosizdur yaratg‘on erkli Subhon.
“Sabotul ojizin”ning “ko‘z o‘rgangan” ommaviy matni uchun yangilik bo‘lgan bu baytlar haqiqatan ham So‘fi Olloyor qalamiga mansub ekaniga mazkur nusxalarda keltirilganidan boshqa dalil yo‘q. Lekin S2 nusxada va “Hidoyatut tolibin” variantida kelgan yuqoridagi baytlarda “Sabotul ojizin” uslubi yaqqolroq seziladi. Muqoyasa jarayonida ayon bo‘ldiki, “Sabotul ojizin”ning XIX asr oxiri va XX asrga oid qo‘lyozma va toshbosma nusxalaridagi sarlavhalarning nomlanishi aksar forsiy til konstruksiyasida hosil qilingan. XVIII asr oxiri va XIX asr avvalidagi nusxalarda esa bo‘limlar deyarli sarlavhasiz ajratilgan, sarlavha berilgan o‘rinda ham ular imkon qadar turkiyda ifodalangan. Bu holat bo‘limlarga turli davrlarda turlicha qo‘yilgan sarlavhalarning “muallif matni”ga nisbatan shartlilik xarakteriga ega ekanini bildiradi.
Doktor Muhammad Hamdiy Bakriy "اصول النقد النصوص و نشر الكتاب" (“Ilmiy-tanqidiy matn va qo‘lyozma kitoblarni nashrga tayyorlash asoslari”) kitobi82ning "النسوخ" (“Nusxalar”) deb nomlangan birinchi bo‘limida ilmiy-tanqidiy matn tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi matnshunosning qo‘lyozma asar nusxalarining ishonchlilik darajasini aniqlash, nusxalarning afzal tomonlarini o‘zaro qiyoslar asosida farqlash kabi vazifalarini ta’kidlab, quyidagi to‘rtta qoidani eslatadi:
1) to‘liq nusxa chala nusxadan afzal;
2) xati ravshan nusxa badxat nusxadan afzal;
3) qadimiy nusxa zamonaviy nusxadan afzal;
4) boshqa nusxalar bilan o‘zaro taqqoslash natijasida tayyorlangan nusxa taqqoslanmagan nusxadan afzal.
Olim oxirgi ikki qoidani oldingilaridan ahamiyatli ekanini ta’kidlab, bunday nusxalarning “nafisa” (qadrli) va “qoyyima” (qimmati baland) lafzlari bilan izohlagan.
Asliyatga yaqinligi e’tiboridan muallif yashagan davrga yaqinroq yillarda ko‘chirilgan nusxaning keyingilardan afzalligi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Shuningdek, o‘zaro qiyoslar asosida saralangan nusxaning qadri balandligiga ham shubha yo‘q. Umuman olganda, bu hukmlar to‘g‘ri, ammo jarayonda tug‘iladigan ba’zi holatlar mazkur qarashlarni biroz to‘ldirishni taqozo etadi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling