Rashid zohid
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 0.83 Mb.
|
QO\'LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Matnshunoslik malakasi va matn tahqiqi masalasi Reja
- Adabiy manbalar matnshunosligida ixtisoslik malakasi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnshunoslikning adabiyot tarixi fanidan farqli jihatlarini izohlang. 2. Matn tahqiqi va kon’ektura nima? 3. Matnshunos fonetika, leksikografiya, lingvostatistikadan nima maqsadda foydalanadi? 4. “Manbalar bibliografiyasining bazaviy resursi” deganda nimani tushunasiz? Mavzu: Matnshunoslik malakasi va matn tahqiqi masalasi Reja: 1. Adabiy manbalar matnshunosligida ixtisoslik malakasi 2. Ma’rifat asoslaridan xabardorlik masalasi 3. Mumtoz matnni tahqiq qilish qoidalari Tayanch ibora va tushunchalar: ixtisoslik malakasi, tajribaga asoslangan bashorat, kreativ yondashuv layoqati, matn aniqligi (ضبط المتن), asosiy tayanch nusxa, “Zarbulmasal”, ilmiy-tanqidiy matn. Adabiy manbalar matnshunosligida ixtisoslik malakasi. Etuk mutaxassis bo‘lish har bir soha vakilining pirovard maqsadidir. Sog‘lom inson o‘zi mashg‘ul bo‘lgan ishini mukammal darajada bajarish harakatida bo‘ladi. Agar qilayotgan ishi tabiatida mavjud qobiliyatiga muvofiq bo‘lsa, bu ish uning suyukli mashg‘ulotiga aylanadi. Suyukli mashg‘uloti bilan birgalikda davomli rivojlanib borgan shaxs mutaxassis bo‘lib etishadi. Hamma zamonlarda, xususan, kun sayin ilm-fan olamidagi muammolar xalqaro miqyosda globallashib borayotgan bugungi kunda er yuzidagi barcha jamiyatlar o‘z sohasining etuk mutaxassislariga har qachongidan ham muhtojdir. Chunki o‘z ishining ustasi (PROFI)ga aylangan inson o‘zi egallagan soha hududida “podshoh” misoli o‘rin egallaydi. Hukm, qaror, tavsiya, taftish, baholash, tajribaga asoslangan bashorat (prognoz) kabi to‘la boshqaruv irodasiga haqli ravishda vakolatli bo‘lgani uchun ko‘pchilik uning yordamiga hojat sezadi. Bu ixtisoslik malakasini to‘la egallagan har bir soha vakilining maqomi. Barcha sohalar kabi filologiyada ham shunday maqomdagi mutaxassislarga ehtiyoj katta. Chunki bunday mutaxassislar fanning klassik an’analarini fundamental bilish imtiyoziga ega bo‘lish bilan birga muammolarga kreativ yondashuv layoqatini ham o‘zlashtirgan bo‘ladilar. Misol uchun, manbashunos eng qadimiy manba bilan zamonaviy manba o‘rtasidagi genetik aloqani tiklay oladigan darajada ilmiy bazaga ega bo‘lsa, u mutaxassisdir. Negaki, qadimiy manba bilan zamonaviy manba o‘rtasida necha-necha zamonlar bor, zamonlarda qanchadan-qancha manbalar yaratilgan. Ma’lum manbaning ma’lum davrda yuzaga kelish omillari va uning o‘zidan keyingi manbaga ta’sirini o‘rganib, manbalarning silsilaviy genezisini aniqlash uchun yuz yil oralig‘idagi 20-30 ta manbani bilish kifoya qilmaydi. Buning uchun sal kam ming yil oralig‘idagi yuzlab manbalar haqida tavsifiy emas, fundamental asosdagi bilimga ega bo‘lish talab etiladi. Albatta bunday fundamental bazaga ega bo‘lgan shaxs uchun muammoni tug‘dirgan vaziyat ayni paytda muammoning echimi hamdir. Chunki u chala mutaxassislarga o‘xshab an’anaga sig‘inadigan mutassib (konservativ) emas. Balki u muammo atrofida tug‘ilgan va muammoning echimiga qaratilgan qarorini vaziyatdan kelib chiqib belgilaydi. Qizig‘i, ijodkorona yondashuv bilan, kutilmagan bir tarzda qabul qilingan bunday qarorlar hamisha muammoning to‘g‘ri echimini topishga yordam beradi. Yuqorida mutaxassis insonning jamiyatdagi o‘rni, professionallikning umumiy qoidalari haqida to‘xtaldik. Endi adabiy manbalar matnshunosligida ixtisoslik malakasini egallash masalasiga kelsak, buning uchun matnshunos ushbu talablarga javob berishi lozim bo‘ladi: adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy masalalari bo‘yicha bazaviy bilimga ega bo‘lish; adabiy manbashunoslik va matnshunoslik asoslarining tushunchaviy apparatini to‘la o‘zlashtirish; adabiyotshunoslik nazariyasi, o‘zbek adabiyoti tarixi va tilshunoslik asoslaridan xabardor bo‘lish; o‘zbek tilining imlo transformatsiyasi tarixini puxta bilish; eski o‘zbek tilidagi matnni o‘qish va tushunish ko‘nikmasini hosil qilish; mumtoz arab va fors tilini filologik sathda o‘zlashtirish; matnga germenevtik yondashuv usullarini qo‘llay bilish; xattotlik va kitobat san’ati qoidalarini o‘zlashtirish. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling