TARJIMAYI HOL
Men, Raximova Malika Olloberganovna, 1973-yil 13-oktabrda Xorazm viloyati, Shovot tumanidagi Qangli qishlogida ishchi oilasida tug‘ilganman. Otam –Raximov Allobergan, 1947-yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan.2017-yilda vafot etgan. Onam–Kenjaeva Jumagul,1952-yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan.Nafaqaxo‘r. Oilamizda uch ukam, ikki singlim bor. Ularning barchasi oilali.
Men, 1980-yildan 1990-yilgacha Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 7- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qidim. 1991–yilda Toshkent viloyati Davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1996–yili tamomladim.
1993-yilda Xorazm viloyati Shovot tumani 6-sonli maktabga o‘zbek tili va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirdim va shu maktabda 1993-2008- yillarda ish faoliyatimni olib bordim.2008-2019-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 26- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zbek tili va adabiyot o‘qituvchisi, 2019-2020-yillarda Chirchiq shahridagi
6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishladim. Hozirda TTA ning “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yurityapman. Partiya a’zosi emasman. Oilaliman. Uchta farzandim bor.
Turmush o‘rtog‘im–Eshchanov Ulug‘bek, Abdullayevich ma’lumoti oliy, Chirchiq shahridagi 25- umumiy o‘rta ta’lim maktabida jismoniy tabiya fanidan dars beradi. Qizim–Abdullayeva Sevara Ulug‘bekovna, 1994-yil tug‘ilgan,Chirchiq shahridagi bolalar shifoxonasida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlaydi. O‘g‘lim –Abdullayev Xolmurod Ulug‘bek o‘g‘li, 1996-yilda tug‘ilgan,xususiy tadbirkor.O‘g‘lim –Abdullayev Jasurbek Ulug‘bekovich, 1998-yilda tug‘ilgan, xususiy tadbirkor.
Mening hozirgi turar joyim:
Chirchiq shahri, Tiklanish ko‘chasi, 114-uy,18-xonadon.Telefon: 91-776-37-21.
2020.10.08. imzo Raximova M.O
|
Tavsifnoma- ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumishlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi.Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |