Rasmiy uslub
Download 92.5 Kb.
|
27-mavzu- Rasmiy-idoraviy uslub va uning qo‘llanilish sohalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUSHUNTIRISH XATI
- Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari
TUSHUNTIRISH XATI – xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
Namuna
Tarjimayi hol Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va foliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi holdir. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimayi holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart. Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari: Hujjatning nomi (Tarjimayi hol). Matn: a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi; b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi; v) millati, ijtimoiy kelib chiqishi; g) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi); d) ma’lumoti (qayerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi); e) ish faoliyatining turlari; y) oxirgi ish joyi va lavozimi; z) jamoat ishlarda ishtiroki; i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari ; k) pasport ma’lumotlari; l) turar joyi (uy adresi), telefoni. 3.Sana. Imzo. Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga,ayrim hollarda, ya’ni ishga,o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin. Namuna
Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling