Rasmiy uslub


Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi


Download 92.5 Kb.
bet5/15
Sana20.09.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1683182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
27-mavzu- Rasmiy-idoraviy uslub va uning qo‘llanilish sohalari

Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi:
— izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. Masalan: Javobgar – marhumning tug‘ishgan singlisi.
— ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. Masalan: Onasinikiga – Shovot tuman, Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Jumagul Kenjayevanikiga ko‘chib ketgan.
ARIZA MAZMUNI VA TURLARI.
Ma’lumot–axborot hujjatlari ancha katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsiyanoma, tavsifnoma, tarjimayihol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, menejer va agronom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir.
Arizaning zaruriy qismlari:
1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi,ismi, otasining ismi va familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza) .

  1. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).

  1. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).

  1. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.

  1. Ariza yozilgan vaqt.

Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan, tushunarli qilib yozilishi kerak.
Ariza asosan qo‘lda yoziladi va mazmunan erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalarning keng tarqalgan turi o‘quv yurtlariga yoki muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo‘lish haqidadir. O‘qishga kirish uchun yoziladigan arizalarning barchasiga zaruriy hujjatlar ilova qilinadi. Ish jarayonida ham xodimlar o‘zlari ishlab turgan muassasaning rahbariyatiga turli mavzularda arizalar yozadilar.
Ba’zan arizalar jamoa, bir guruh odamlar nomidan yozilishi ham mumkin.

Namuna


Toshkent tibbiyot akademiyasi


rektori prof. A. K. Shadmanovga
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
F. S. Norovadan
A r i z a

Meni 2021-yil 2-iyuldan Allergologiya kafedrasiga 1 stavka o’qituvchi lavozimimiga ishga qabul qilishingizni so‘rayman.


Sana Imzo






Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling