Rasmiy uslub


Download 92.5 Kb.
bet6/15
Sana20.09.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1683182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
27-mavzu- Rasmiy-idoraviy uslub va uning qo‘llanilish sohalari

Dalolatnoma
Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron - bir bo‘lib o‘tgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazishdan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatbaho buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. Tuzilgan sanasi va joyi. Tartib raqami va tasdiq belgisi. Matn sarlavhasi. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma). Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). Komissiya tarkibi (Rais va a’zolar). Ishtirok etuvchilar (guvohlar). Dalolatnoma matni. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi). Tuzilgan va ishtirok etganlarning imzolari. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo. Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kirish va ta’kid qismlaridan tashkil topadi.Kirish qismi quyidagi tartibga ega:asos, tuzildi, ishtirok etganlar kabi qismlardan iborat. Bu qismlarning o‘z vazifasi va mohiyati mavjud. Dalolatnomaning ta’kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarning maqsad va vazifalari, mohiyat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatib o‘tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta’kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi.
Dalolatnoma matni so‘nggida uning necha nusxadaligi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma odatda uch nusxada tuzilib, birinchisi-yuqori idoraga, ikkinchisi-muassasa rahbariga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘ma jildiga solib qo‘yish uchun topshiriladi. Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda, to‘rtburchak muhrni qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana shu muhrda aks etishi mumkin. Dalolatnoma oxiriga komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzo qo‘yiladi.
Namuna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lm vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitet

Universitet arxivi holati va faoliyatini o‘rganish haqida





Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling