Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Ajratib-qayta o‘rnatiladigan inventar qoliplar
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
Ajratib-qayta o‘rnatiladigan inventar qoliplar zavodda tayyorlangan shchitlardan, qutilardan, yirik inventar ustun-tirgaklar va boshqa elementlardan yig‘iladi.
Ajratib− qayta o‘rnatiladigan qolip shunday loyihalanadikim, yon yuzalar, to‘sinlar, progonlar va ustunlarni ko‘chirish to‘sin va progonlar tubiga bog‘liq bo‘lmasin, va beton loyihada ko‘zda tutilgan mustahkamlikni egallagandan so‘ng ular ko‘chiriladi. Qoliplar ko‘chirilgandag so‘ng tozalanadi, agar zarur bo‘lsa ta’mirlanadi va qayta ishlatiladi. Ajratib −qayta o‘rnatiladigan qolip universal, tayyorlanishi va undan foydalanish oddiy. Yog‘ochli yoki murakkab ajratib− qayta o‘rnatiladigan qoliplarning asosiy elementlari − rama qurilmali shchitlar bo‘lib , ular suvga chidamli fanera bilan qoplangan qalinligi 25-30 mm li taxtalardan yoki metall list ,plastik va boshqa material bilan qoplangan bo‘ladi. Qolipni o‘lchamlari va massasi shunday bo‘lishi kerakki, ularni qo‘lda o‘rnata olish imkoni bo‘lsin. Ustunlar osti poydevor qoliplari tashqi va ichki shchitlardan yig‘ilgan to‘g‘ri to‘rtburchakli qutilardan barpo etiladi. Tashqi shchitlar ichki shchitlarga nisbatan 20-25 sm uzunroq bo‘lib, ular maxsus tirgovich plankalarga ega va shu tirgovichlar bilan ichki shchitlarga mahkamlanadi. Tashqi shchitlarga tortuvchi simlar bilan mahkamlanadi , ular qo‘yilgan beton qorishmasi bosimini qabul qiladi Ustun qolipi bu har 0,4-0,7 m da o‘rnatilgan metall yoki yog‘och xomutlar bilan birlashtirilgan shchitlardan yig‘ilgan quti shaklida bo‘ladi (17.1a -rasm). Progon va to‘sinlarning yog‘ochli qolipi ushlab turuvchi tirgovichlarni boshiga tayanidigan qolipning tubi va yon tomoni shchitlaridan iborat. Yopmalar qolipining shchitlari gumbaz qolipga o‘rnatiladi, ular esa yon shchitlarga qoqiqlgan gumbaz osti taxtalariga tayanadi (17.1b- rasm). 17.1 –rasm. Ajratib− qayta o‘rnatiladigan yog‘och qolip: a – ustun qolipi; b – to‘sin va progon qolipi; 1 – quti; 2 – xomutlar; 3 – ponalar; 4 – ramka; 6 – ustun tirgovichni bosh qismi; 7 – friz taxtasi; 8 – yopma plitasi shchiti; 9 – gumbaz; 10 – gumbaz osti taxtasi; 11 – tayanch ustida gumbaz osti taxtasi uchun taglik; 12 – siqib turadigan taxta. Qolip formalarini ushlab turish uchun havozalar o‘rnatiladi. Agarda qolip 6 m gacha bo‘lsa teleskopik inventar yog‘och metalli yoki metall ushlab turuvchi ustun-tirgovichlar qo‘llaniladi. Qalinligi 15 sm gacha bo‘lgan devorlarni barpo etganda pardadevorni bir tomonidan qovirg‘a-ustunlar urnatilib shchitlardan devorni bir tomoni yig‘iladi, shundan keyin pardadevor butun balandligi bo‘yicha armatura o‘rnatiladi. Keyin ish fronti tomonidan qovirg‘a –ustunlar o‘rnatiladi, va ularga 1 m balandlikda shchitlar shchitlar mahkamlanadi. Betonlanish ishlariga qarab shchitlar o‘stirib boriladi. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling