Monolit temirbeton konstruksiyalarni barpo etish majmuali jarayoni texnologik bog‘langan va kema-ket bajariladigan oddiy jarayonlardan tashkil topgan:
ko‘p hollarda yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish mavjud. Betonni qolipdan ko‘chirish mustahkamligiga erishganiga qadar ketgan vaqt, umumiy texnologik siklga kiradi.
Oddiy jarayonlar tarkibi, ularning mexnat sarfi va bajarilish ketma-ketligi barpo etilayotgan monolit konstruksiyalarni turi va o‘ziga xosligi, qo‘llaniladigan mexanizmlar, qolip turlari va ishlarni bajarishni mahalliy o‘ziga xosligiga bog‘liq.
Xar qaysi oddiy jarayonni majmuali (kompleks) brigadaga birlashgan ixtisoslashgan zvenolar bajaradi. Ishlarni oqim usulida bajarish uchun inshoot balandligi bo‘yicha yaruslarga, reja bo‘yicha qamrovlarga bo‘linadi.
Yaruslarga bo‘lish – betonlash chog‘ida tanaffuslar bo‘lishi mumkinligi va harorat va ishchi choklar xosil qilinishi mumkinligini nazarda tutilgan xolda balandlik bo‘yicha qirqim. Odatda bir qavatli binolar ikki yarusga bo‘linadi, birinchisiga – poydevorlar, ikkinchisiga –karkasning qolgan xamma konstruksiyalari kiradi. Ko‘p qavatli binolarda to‘liq qavat yopmalar bilan yarus sifatida qabul qilinadi. Yarus balandligi 4 m oshishi ma’qul emas, chunki katta balandlikda va jadal betonlash chog‘ida joylanayotgan beton qorishmasidan qoliplarga ta’sir etuvchi yon bosim oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |