Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blokli qolip
Yirik shchitli qoliplar – biriktiruvchi elementlar va katta o‘lchamdagi shchitlardan tashkil topgan. Qolip shchitlari barcha texnologik og‘irliklarni qo‘shimcha ko‘taruvchi va ushlab turuvchi elementlar o‘rnatilmagan holda qabul qiladi. Bu qoliplar, uzun devorlarni, ora yopmalarni va tunnellarni betonlashda qo‘llaniladi. SHchit o‘lchami betonlanayotgan konstruksiya o‘lchamiga teng: devor uchun – xona balandligi va eni, ora yopma uchun – ora yopma uzunligi va eniga teng. Katta maydondagi yopmalarni betonlaganda, bir smena davomida betonni konstruksiyaga joylashtirish va zichlash mumkin bo‘lmasa, yopma xaritalarga bo‘linadi. Xaritani o‘lchamlari texnologik reglament asosida berilib, ularni chegara qismlarida keyingi xaritalar bilan yaxshi bog‘lanishi uchun yacheykasi 10×10 mm qalinligi 2...4 mm li metall to‘r o‘rnatiladi. Yirik shchitli qoliplarni devorlari va pardadevorlari monolit, ora yopmalari yig‘ma bo‘lgan binolarda qo‘llash tavsiya etiladi. Yig‘ma ajratib-ko‘chiriladigan yirik shchitli qoliplar ko‘ndalang kesim yuzasi o‘zgaruvchan konstruksiyalarni betonlashda ham qo‘llaniladi (siloslar, tutun quvurlari, gradirnyalar).
Blokli qolip – bu xajmdor-ko‘chiriladigan qolip, oraliq tom yopmasini barpo etmasdan bino yacheykasini konturi bo‘ylab, uchta yoki to‘rtta devorni bir vaqtni o‘zida barpo etishga mo‘ljallangandir. Qolip alohida bloklardan montaj qilinadi va ular orasidagi masofa barpo etiladigan devorlarni qalinligiga teng. Ichki va tashqi devorlari monolit yuk ko‘taruvchi va yopmalari yig‘ma bo‘lgan binolarga kombinatsiyalashgan variant: tashqi devor yuzalariga − yirik shchitli qolip, ichki yuza va devorlar uchun – blokli, vertikal ko‘chiriladigan va chiqarib olinadigan qolip tavsiya etiladi. Blok-forma fazoviy berk bloklardan tashkil topgan bo‘lib: bo‘laklarlarga bo‘linmaydigan va bikir, bo‘laklarga bo‘linadigan yoki suriladiganlarga (ochiladigan) bo‘linadi. Blok-formalar hajmi uncha katta bo‘lmagan berk konstruksiyalarni vertikal va gorizontal yuzalarni betonlash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari – devorlarni hajmdor elementlarini, lift shaxtalarni, aloxida turuvchi poydevorlarni, ustunlarni betonlashda xam foydalaniladi. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling