Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Hajmli-ko‘chiriladigan qolip


Download 280.99 Kb.
bet25/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Hajmli-ko‘chiriladigan qolip “P” ko‘rinishidagi seksiyalardan tashkil topgan gorizontal chiqarib olinadigan yirik o‘lchovli blok bo‘lib, bir vaqtni o‘zida devor va qavatlar aro tom yopmalarni betonlashga mo‘ljallangan. Qolipni ko‘chirishda seksiyalar ichkariga suriladi va keyinchalik kran bilan ko‘tarib olish uchun oraliqqa dumalatilinadi. Bu qoliplar turar joy va fuqaro binolarini ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorlari va qavatlararo tom yopmalarni betonlashda qo‘llaniladi. Ushbu turdagi bo‘ylama ko‘chiriladigan qolip bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorlari monolit va yopmalari monolit temirbetondan bo‘lgan binolarda ham qo‘llanilayapti.
Planda oddiy ko‘rinishga ega, qavatlari katta yuzali, fasad yuzasi tekis binolarda hajmli-ko‘chiriladigan qoliplarni – tunnelli, vertikal va gorizontal ko‘chiriladigan qoliplari tavsiya etiladi.
Tunnelli qolip – hajmdor-ko‘chiriladigan qolip, bir vaqtni o‘zida binoning ikkita ko‘ndalang bitta bo‘ylama devorini va ular ustiga qavatlar ora yopmalarni betonlashga mo‘ljallangan. Tunnel ikkita qarama-qarshi turgan yarim tunnellarni vertikal va gorizontal shchitlarini tez yechiladigan qulflar bilan bog‘lash hisobiga hosil qilinadi. Bu turdagi qoliplar, ichki devorlari monolit, monolit yopmali va fasad panellari osma bo‘lgan binolarni barpo etishda keng qo‘llaniladi.
Gorizontal ko‘chiriladigan (suriladigan) qolip – gorizontal uzun konstruksiyalar va inshootlarni hamda kesimi berk katta perimetrli konstruksiyalarni betonlash uchun muljallangan.
Sirpanuvchi (sirg‘anuvchi) qolip – baland bino va inshootlarni devorlarini betonlash uchun qo‘llaniladi. Bu qolip fazoviy shaklga ega bo‘lib, devor perimetri bo‘ylab o‘rnatiladi va betonlash maromiga qarab gidrodomkratlar yordamida ko‘tarib boriladi.
Pnevmatik qolipegiluvchan, inshoot o‘lchamlari bo‘yicha bichilgan havo o‘tkazmaydigan qobiq. Qolip ish xolatiga o‘rnatilib , uni ichkarisida havo yoki boshqa gaz yordamida ortiqcha bosim hosil qilinadi va betonlanadi. Bu turdagi qolip hajmi nisbatan katta bo‘lmagan egri chiziqli ko‘rinishdagi inshootlarni betonlashda qo‘llaniladi.

Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling